Madaniyat

Kuzda nima kiyish kerak? 4 ta ommabop trend

Shopping qilishdan oldin kiyimlaringizni ko‘zdan kechirib chiqing, keyin esa liboslaringizni yangi trendlar bilan to‘ldirsangiz bo‘ladi. Biz sizga 2017/2018 kuz-qish mavsumi g‘oyalarini tushunib olishda yordam beramiz.

Bichimlar

Oversize buyumlarining dizayni ancha o‘zgargan bo‘lsa ham, bu kuzda ular o‘z o‘rnini hech kimga bo‘shatib bermayapti. Palto-pillalar va keng bichimdagi qop-pidjaklarni biz klassik uslubdagi keng yelkali kostyumlarga almashtiramiz. Keng ikki bortli jaketlar va shimlar sizga juda nozik ko‘rinish beradi, to‘r bilan birgalikda esa yanada nazokatliroq ko‘rsatadi.

Yana bir ajoyib trend ham erkakcha uslub bilan bog‘liq. Bizning hayotimizga yana hamma turdagi va bichimdagi smokinglar qaytib kelyapti: mini-ko‘ylaklar va maksi-palto, trend bo‘lgan jiletlar. Ularni buduar ko‘ylaklar bilan birga kiyish mumkin.

Ko‘ylaklarga kelganda, kuz — uzun ko‘ylaklar kiyish fasli. Keng yengli liboslarni tanlang va ularni nafaqat ayrim paytlarda, balki har kuni kiyishingiz mumkin.

Ranglar

Qizil — bu yangi qora rang. Kuzda biz ko‘zga tashlanuvchan bo‘lishimiz kerak, qizil ko‘ylakda esa o‘zimizni namoyon qilishimiz ancha osonroq.

Printlar

Yangi mavsumda dizaynerlarning asosiy yutug‘i geometriya bo‘ldi. Birinchi print — vindzor katakchalari — ishbilarmon ayollar uchun juda mos keladi. Ofis uchun ko‘ylaklar, kostyumlar va yubkalar endi to‘liq trendli kiyimlarga aylanadi.

Detallar

Ayrim qismlar va yordamchi ashyolarga kelganda, kosmik sayohatlar haqidagi kinolarni esimizga tushiramiz. Shokilalar, bo‘yinga bog‘laydigan ro‘mollar, kovboycha etiklar va ko‘ylaklar bu mavsumda «metindek» mustahkam puxoviklar, kumushrangli sumkalar va oyoq kiyimlari bilan tinchgina chiqishib ketadi.

Manba: Daryo.uz