Oshxona

Kuzgi ideal retsept: Ajoyib ta’mga ega qovoq sho‘rva

Qovoqning juda foydali ekanligi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. U biriktiruvchi to‘qima (kletchatka)larga boy bo‘lgani uchun ovqat hazm qilish tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi A vitaminiga ega. Qolaversa, qovoq tarkibidagi temir va T vitamini miqdori bo‘yicha chempion hisoblanadi. Bu esa organizmda moddalar almashinuvini tezlashtiradi va qon ivishini yaxshilaydi.

Quyida ajoyib ta’mga ega qovoq sho‘rva retsepti bilan tanishishingiz mumkin.

Kerakli masalliqlar

  • yaxshi pishgan katta qovoqning chorak qismi (yoki kichkina butun qovoq);
  • qaynatma sho‘rva yoki suv;
  • 200 gramm kartoshka;
  • 170—200 gramm eritilgan pishloq;
  • tuz;
  • bir chimdim dudlangan yoki yarim choy qoshiq maydalangan qalampir;
  • garmdori;
  • shirin sous.

Tayyorlanishi

Qovoq donalaridan tozalanib, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada tayyor bo‘lguncha pishiriladi. Tayyor qovoqning po‘stlog‘i qirib olinadi.

Kartoshka tozalanib, mayda to‘g‘raladi. Kastryulkaga kartoshka, qovoq eti solinib, ustidan qaynoq sho‘rva yoki suv quyiladi (suyuqlik juda ko‘p bo‘lmasligi, jami sabzavotlarning taxminan yarmiga teng bo‘lishi lozim). Kartoshka pishguncha, taxminan 10 daqiqa qaynatiladi.

Qalampir, eritilgan pishloq, biroz sous, garmdori qo‘shib, blenderda eziladi. Keyin ta’bga qarab tuz qo‘shiladi. Tuzlash aynan oxirida amalga oshiriladi, chunki pishloq ham ovqatga tuz beradi. Dasturxonga bir chimdim qalampir yoki yong‘oq sepib tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Manba: Daryo.uz