Zarur masalliqlar: bitta karp balig‘i, 1 dona kabachki, 2 ta pomidor, 50 gr pishloq, 1 bosh piyoz, shivit, petrshuka, yalpiz, 1 osh qoshiq o‘simlik yoki zaytun yog‘i, tuz, ziravorlar.
Tayyorlanishi: 1. Kabachki va pomidorni yarim oy, piyozni yarim halqa shaklida to‘g‘rang. Ko‘katlarni maydalang.
2. Baliqni yaxshilab tozalab, ichiga ko‘katlarni soling, tuz, murch seping. Perganment qog‘ozning ustini yog‘lab, baliqni qo‘ying. Ichiga piyoz va kabachki bo‘laklarini joylang. Ustida kichik kesimchalar qilib, pomidor bo‘laklarini joylashtirib chiqing.
3. Baliqni pergament qog‘oz bilan birgalikda gaz patnisiga joylang va 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 35 daqiqaga qo‘ying. So‘ngra qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni ustidan sepib, yana 5 daqiqa gaz pechida qoldiring. Pishgach, salat bargi va maydalangan ko‘katlar bilan taomni bezab, dastruxonga torting.
4 kishilik
1 soat
Manba: Darakchi.uz