Madaniyat

Lablarning yozgi parvarishi

Asalli piling

2 osh qoshiq asalga 1 osh qoshiq shakar soling. Biror daqiqaga mikroto‘lqinli pechga yog‘i suv bug‘iga qo‘ying. Aralashmani issiq holida lablaringizga surting. Barmog‘ingiz bilan uqalang. So‘ngra issiq suv bilan yuvib, lablaringizga balzam surting.

Mevali niqoblar

Lablarni oziqlantirib, namlantiradi, parvarishlaydi, chiroyli ko‘rinishga keltiradi. Niqoblarni lablarga 10-15 daqiqaga surtib, sovuq suv bilan yuving. So‘ngra parvarishlovchi krem yoki balzam surting.

Qulupnaydan

2 ta qulupnayni sanchqi yordamida ezing. 1 choy qoshiq ma’danli suv qo‘shib, aralashtiring.

Qora qorag‘atdan

4-5 ta mevani ezib, yarim choy qoshiqdan asal va qaymoq solib, aralashtiring.

Malinadan

4-5 ta malinani ezib, yarim choy qoshiqdan tvorog, asal va qaymoq qo‘shing.

Oziqlantirish

Har kuni lablaringizga istalgan o‘simlik yog‘idan surting. Ular lablarni yumshatib, vitamin bilan to‘yintiradi.

Massaj

Haftada 1-2 marta lablaringizni tish cho‘tkasi yordamida massaj qiling. Buning uchun tish cho‘tkasining yumshoq turidan foydalaning.

Manba: Darakchi.uz