Zarur masalliqlar: xamiriga: 380 gr. un, 250 gr. margarin, 200 ml. smetana, yarim choy iste’mol sodasi (sirkada so‘ndirilgan); ichiga solishga: 2 dona kichkina limon, 200 gr. shakar, 1 choy qoshiq kraxmal.
Tayyorlanishi: 1. Margarinini qirg‘ichdan o‘tkazing va un bilan aralashtirib, qo‘lingiz bilan yaxshilab uvadalang.
2. Iste’mol sodasini smetanaga solib, unli aralashmaga qo‘shing. Xamirni bitta katta, bitta kichik bo‘lakka bo‘lib, sellofanga o‘rang-da,yarim soatga muzlatkichga qo‘ying.
3. Limonni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazib, shakar qo‘shing.
4. Xamirning katta bo‘lagini yoyib, aylana shakldagi yog‘langan qolipga joylang. Kraxmal sepib, limonli aralashmani soling. Tekis qilib chiqqach, ikkinchi bo‘lak xamirni yoyib, ustini yoping. Pirog 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqada pishadi. Pishgach, to‘rtburchak bo‘laklarga bo‘lib, qand upasi seping-da, dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 35 daqiqa.
6 kishilik.
Manba: Darakchi.uz