Zarur masalliqlar: 300 gr. qaynatilgan mol go‘shti, yarim bog‘ barra sarimsoqpiyoz, bittadan bodring va pomidor, 1 bosh piyoz, 2 osh qoshiqdan zaytun yog‘i va soya sousi, shakar.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan mol go‘shti, bodring va pomidorni somoncha shaklida yupqalab to‘g‘rang.
2. Piyozni yarim µalqa shaklida to‘g‘rab, 1 osh qoshiq soya sousi bilan birga ozgina shakar soling.
3. Sarimsoqpiyozni ham to‘g‘rab, barcha masalliqlarni aralashtiring-da, qolgan soya sousi va zaytun yog‘ini qo‘shing. 10 daqiqadan so‘ng tuzini ko‘ring.
4 kishilik
20 daqiqa
Manba: Darakchi.uz