Yorqin va dam olgan yuz terisi - jozibadorlikning asosidir. Yuz terisi yaxshi holatda bo‘lsa, unga ortiqcha pardoz vositalarini surishga ham hojat bo‘lmaydi. Shu sababdan ham yuz terisining tiniqligini yo‘qotishi, nursiz bo‘lib qolishiga qarshi kurashish va buning oldini olishga harakat qilish lozim.
Yuz terisining nursiz bo‘lib qolish sabablari
- Moddalar almashinuvining buzilishi
Yuz terisining rangi oshqozon-ichak tizimining faoliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq hisoblanadi. Agar uning faoliyatida muammolar bo‘lsa, bu tezda tashqi ko‘rinishingizda aks etadi - turli toshmalar paydo bo‘ladi, yog‘ bezlarining faolligi ortadi, yuz terisi tezroq ifloslanadi. Bu esa yuz terisini nursizlantiradi.
- Zararli odatlar
Alkogol va tamaki mahsulotlarining teringizda aks etishini uzoq kutishingizga hojat yo‘q. Nikotin va spirt tomirlarning torayishi va qon aylanishining qiyinlashishiga olib keladi. Bu esa yuzdagi tabiiy qizillikning yo‘qolishi va uning rangsiz bo‘lib qolishining asosiy sababidir.
- To‘qimalardagi qon aylanishining buzilishi
Uzoq vaqt davomida kompyuter qarshisida o‘tirish yoki yozuv stolidagi hujjatlar ustida boshni doim egib o‘tirish oqibatida teridagi almashish jarayoni buziladi. Bu esa yuzni nursiz ko‘rinishga keltirib, tez qarishiga olib keladi.
- Ozuqaviy moddalarning yetishmasligi
Qish-bahor mavsumida ratsionimizdagi vitaminlar miqdori minimal darajada bo‘lganda yuzning rangsiz bo‘lish xavfi ortadi. Ayniqsa, A, S, Ye va B guruhiga mansub bir qator vitaminlarning yetishmasligi teri tashqi ko‘rinishida kuchli aks etadi.
- Ba’zi vitaminlarning me’yordan ortib ketishi, shuningdek, oqsilni me’yordan ko‘p iste’mol qilish
- Ba’zi surunkali xastaliklar
- Terini noto‘g‘ri parvarish qilish
Har kuni uxlashdan oldin pardozni yuvib tashlash, muntazam piling va skrablardan, shuningdek, turli niqoblarning foydali xususiyatlaridan foydalanish teri yorqinligi garovidir.
Yuz terisining nursizlashishiga qarshi qanday kurashish mumkin?
- Moddalar almashinuvini normallashtirish
Buning uchun ratsionni klechatkaga boy mahsulotlarga boyitish, shuningdek, ovqatlanish va uyqu rejimiga amal qilish lozim.
- Zararli odatlardan qutulish
- Faol harakatda bo‘lish
Uzoq vaqt o‘tirib ishlashga majbur bo‘lsangiz, bo‘yningizni mashq qildirib turing. Umuman toza havoda ko‘proq sayr qilish, suzishga vaqt ajrating.
- A, S, Ye va B vitaminlar guruhiga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling. Shu bilan birga, yog‘, oqsil va uglevodlarga boy mahsulotlarni cheklangan miqdorda tanovvul qiling.
- Mavjud xastaliklardan davolaning
- Terini to‘g‘ri parvarish qiling
Quruq yuz uchun ko‘proq ozuqa kerak bo‘lsa, yog‘li terida yog‘ bezlari faolligini normallashtirish va tozalab turishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Maqolani tayyorlashda internet manbalaridan foydalanildi.