Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘qituvchilarning oylik ish haqi qachon va qancha miqdorda oshirilishi bilan bog‘liq savollarga javob berdi.
Bu masalada Prezidentimizning 17 iyul kuni bo‘lgan majlisida alohida ta’kidlandi va Moliya vazirligiga topshiriq berildi. Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Prezident devoni hamkorlikda yangi qarori loyihasi ustida ish olib bormoqda.
Aytib o‘tishim kerakki, bu oson narsamas. 580 mingta jamoani imkoni boricha himoya qilib, yaxshi sharoit yaratishga harakat qilamiz. Iloji boricha oyliklarni ko‘proq oshirishni ko‘rib chiqyapmiz. Bir necha yillar davomida o‘qituvchilar maoshining boshqa sohalarga qaraganda o‘sish sur’ati past bo‘lgan. Buni ochiq tan olib aytish kerak, – deydi Sh. Shermatov.
Vazir suhbat chog‘ida shuningdek, ta’lim tizimidagi korrupsiya holatlari bo‘yicha ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: