Bilasizmi?

O‘smir qizlarga tavsiyalar

Hurmatli qizlarjon! Agar siz bolalik davrini ortta qoldirib katta hayotga qadam qo‘yishda qiynalmay desangiz, kelajakda xatolarga yo‘l qo‘yishni istamasangiz, ushbu kichik tavsiyalarimizga ozgina bo‘lsa ham quloq tuting...

  1. Nima yaxshi, nima yomonligi haqida shaxsiy fikringiz bo‘lsin. O‘z qarashlaringizni himoyalang, yomonlarning yo‘rig‘iga yurmang.
  2. Birinchi galda ota-onangiz va yaqinlaringiz fikriga quloq tuting.
  3. Har doim o‘zingizni haqman deb hisoblamang. Hurmat qilgan, yaxshi ko‘rgan insonlaringizning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib, uni tushunishga harakat qiling.
  4. Do‘st tanlashni o‘rganing. Yomon deb hisoblagan kishingiz sizni o‘z tomoniga og‘dirmoqchi bo‘lsa, juda ehtiyotkor bo‘ling.
  5. Do‘stlaringizni qadrlang. Bir-birini tushungan, qiyin damlarda bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zadigan insonlar haqiqiy do‘st hisoblanadi.
  6. O‘z hohish va harakatlaringiz javobgarligini bo‘yningizga oling. Axir ular so‘ragan narsangizni berishyapti-ku. Voz kechgan narsangizdan yaqinlaringizni ogoh eting, ularning behuda urinishlarini istamaysiz-ku.
  7. Istaklaringizni taqsimlab oling. Masalan suvni o‘zingizga yoqqanini iching, taklif etilgan taomlar ichidan o‘zingizga yoqqanini tanovul qiling.
  8. Shuni bilingki, hayotda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, o‘zingiz istamagan ishni qilishga majbur bo‘lasiz. Masalan, limon va asal choyni yoqtirmasangiz ham, shamollaganingizda uni ichishga to‘g‘ri keladi.
  9. Tushunmagan yoki qiziqqan narsalaringiz haqida so‘rashga uyalmang. Shundagina aql salohiyatingiz o‘sib boraveradi.
  10. Agar o‘zingizni yomon his etsangiz yoki biror narsa yoqmasa, u haqda ochiq oydin ayting, yo‘qsa hayollaringizni o‘qiy olmagan yaqinlaringiz bilan orangizda tushunmovchilik kelib chiqadi.

Eng asosiysi - har qanday sharoitda ham sizdan xech qachon voz kechmaydigan yagona insonlar - bu sizning ota-onangiz. Ular sizni doimo yaxshi kurib, ardoqlaydilar. Ular bilan do‘st bo‘lsangiz hayot qiyinchiliklaridan yengil o‘tasiz.

Manba: Beka.Uz