O‘zbekistonning qizlar uchun eng yirik Technovation Challenge xalqaro texnologik tanlovidagi ishtiroki tarixida birinchi marta mamlakat jamoasi tanlov finaliga chiqdi. Bu haqda tanlov tashkilotchilari «Daryo»ga xabar berdi.
20 iyun kuni 12 finalchi, butun dunyodan eng yaxshi jamoalar aniqlandi. Finalchi jamoalar yosh guruhlari bo‘yicha ajratilgan: katta yosh guruhidagi (15—18 yosh) 6 ta jamoa hamda kichik yosh guruhidagi (10—15 yosh) 5 ta jamoa.
Kichik guruhdagi finalchilar orasida O‘zbekistonning Generation Z jamoasi ham bor, u ELIST dasturi bilan qatnashmoqda. Endi jamoa avgust boshida Kaliforniyada bo‘lib o‘tadigan finalda qatnashadi.
ELIST dasturi oilalardagi gender balansiga bag‘ishlangan bo‘lib, ota-onalarga uy ishlarini farzandlar o‘rtasida, jinsidan qat’i nazar, teng taqsimlashda yordam beradi.