Har birimiz bir hech bo‘lmaganda bir marta odamlardan kuchli tarzda ko‘ngil qolish hissiyotiga duch kelganmiz. Biz ishongan odam qanchalik yaqin bo‘lsa, ko‘ngil qolish shunchalik alamli bo‘ladi. Mana shu sabab bo‘yicha har birimizdan atrofimizdagi odamlarning qay biri kim ekanligini tushunish uchun o‘ziga xos uslublarni yaratish va usullarni qidiriladi.
Lekin odamlarni farqiga borish uchun bitta istakning o‘zi kamlik qiladi, keling birgalikda bir qancha asosiy qoidalarni o‘rganib chiqamiz, ular asosida kim bo‘ri, kim yuvosh qo‘y ekanligini aniqlashimiz mumkin.
Ko‘pgina asosli kitoblar mavjud bo‘lib, ular odamlarni tushunishga yordam beradi. Dastlab Pavlov bo‘yicha mijozga oid nazariy ma’lumotlar bilan tanishishigiz mumkin. So‘ngra o‘zingiz uchun o‘zaro munosabatning ajoyib dunyosini ochasiz (hatti-harakatlar, imo-ishoralar, hatto gavdaning holati yordamida). Misol uchun, Pola Ekmanning «Yolg‘onchining psixologiyasi» va 13 ta kitobi yolg‘onchilarni fosh qilishga bag‘ishlangan. Nazariy ma’lumot juda zarur, lekin hech qachon amaliysini o‘rnini bosa olmaydi. Eng muhim amaliy ko‘nikmalarni maqsadingizga erishish uchun rivojlantirish zarur.
Mening do‘stim – ichki sezgi
Ichki sezgingizni rivojlantiring, axir u boshqalarnikiga o‘xshamaydi, yolg‘onchini aniqlashga yordam beradi. Ichki tuyg‘u birinchi tassurot bo‘yicha nimagadir o‘xshaydi: u odatda bizni aldamaydi, uning yordamida bu inson qanday ekanligini osonlik bilan aniqlash mumkin. Insonni birinchi marta ko‘rganda, u yomonlik qilmaganga o‘xshaydi, bir marta nazar tashlaganda undan yaxshilik kutib bo‘lmasligini anglaysiz, yaxshisi undan 7 ko‘cha nari yurgan yaxshi. Ikkinchisiga qaraganda esa qalbingizda yoqimli hissiyotni sezasiz, uni yaxshilab bilib olish uchun ochilib gaplashgingiz keladi.
Ichki sezgi – bu kimga ishonish yoki ishonmaslik kerakligini bizdan yaxshi biladigan ong ostidagi maslahatchimizdir. Bizning ongostimiz o‘zimiz biladigan, lekin hali qayta ishlamashga ulgurmagan ma’lumotni oladi. Ichki sezgining yo‘l-yo‘riqlariga e’tiborsizlik qilish kerak emas, axir ular kamdan-kam holatda aldaydi.
Odamga e’tibor qaratish
Siz tavsiya etilgan kitoblarni o‘qib chiqib, nazariy bilimni olasiz, lekin suhbatdoshning o‘zini tutishiga e’tibor qaratmasangiz ular hech qachon yordam bera olmaydi. Ro‘parangizdagi odamning barcha tana harakatlariga e’tibor berish va tezda sharhlash uchun juda e’tiborli bo‘lish kerak, aks holda sizning tahlilingiz muvaffaqiyatlikka uchrashi mumkin. O‘zingizni fikrlaringizga g‘arq qilmang, urinish befoyda bo‘ladi. Hatto ayb sanalmaydigan imo-ishoralarga e’tibor qarating? Ko‘pincha yolg‘onchilar sochini va qulog‘ini silab qo‘yish kabi mana shunday kichik hatti-harakatlar bilan o‘zini namoyon qilishadi. Soch taqinchog‘i va kiyimdgiboshqa buyumlarga tegaverish ham yolg‘onning belgisi bo‘lishi mumkin. E’tiborli bo‘ling.
Agar do‘stingiz boshqa bo‘lib chiqsa...
Do‘stlar kulfatda bilinadi, bu maqol bejizga aytilmagan. Tanlov chegaralangan stress holati kabi hech narsa insoning mohiyatini ko‘rsatib bera olmaydi. Do‘stingiz bilan cho‘kayotgan bitta qayiqda bo‘lib qolsangiz, uning yordami kerak bo‘lgan aynan shu holatda bilib olasiz. Shunchaki kichkina emas, katta ishda u bilinadi. Pastkash, ikkiyuzlamachi odamda o‘zini qurbon qilishni kutib bo‘lmaydi.
Asosiysi, hayotdagi barcha voqealar, holatlar va sizning bilimlaringizdir, eng yaqin insoningizga ham ishonmaydigan va har bir odamdan firibgarlikni kutadigan haddan tashqari shubha bilan qaraydigan inson bo‘lmang. Barcha insonlar turlichadir, hayotda siz ularga eng qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz va yaqinlaringiz topiladi. Siz bilan foyda uchun emas, muloqotdan zavq oladiganlarni qadriga yeting. Baxtli bo‘ling.
Xurshida Xonim