Oshxona

Olchali braun

Kerakli mahsulotlar:

120 g sariyog‘

100 g achchik qora shokolad

50 g tuyib, maydalangan yong‘oq

¼ stakan kakao-kukuni

¼ un

0,5 choy qoshiq qabartma (razrixitel)

2/3 stakan shakar

2 dona tuxum

2 bir chimdim tuz

200 g gilos yoki olcha

Pomadka uchun:

2 osh qoshiq sariyog‘

2 osh qoshiq slivka

6 osh qoshiq qand upasi

4 osh qoshiq kakao-kukuni

Tvorogli nachinka uchun:

400 g yumshoq yog‘sizlantirilgan tvorog

2 3 osh oshiq shakar

1 dona tuxum

Tayyorlanishi:

1.Suv hammomida sariyog‘ va shokolad eritiladi. Yong‘oqlar qo‘shiladi. Ularni yirik qilib maydalash mumkin. Un, kakao, qabartma, shakar va tuz qo‘shiladi. Shokoladli aralashma qo‘shiladi. Tuxumni sanchqi bilan yengilgina ko‘pirtiriladi va xamirga quyiladi. Mikser bilan hech narsani ko‘pirtirish ko‘pirtirilmaydi, shunchaki qoshiq bilan aralashtiriladi.

2.Tvorogni elakdan o‘tkaziladi, tuxum, shakar va vanilin qo‘shiladi.

3.Olcha danaklari tozalanadi.

4.Qolip sariyog‘ bilan yog‘lanadi va qandolatchilik qog‘oz to‘shaladi, u ham yog‘lanadi. Shokoladli aralashmaning yarmi qolipga solinadi. Ustiga ehtiyotkorlik bilan yumshoq tvorog, so‘ngra qolgan xamir yopiladi. Olcha qo‘y iladi. Oldindan 165 haroratda qizdirilgan gaz pechida 45 50 daqiqa davomida pishiriladi. Qolipda sovugunicha, yaxshisi bir kechaga qoldiriladi.

5.Pomadkani tayyorlash uchun sariyog‘ eritiladi, qand upasi va kakao kukuni qo‘shiladi. Bir xil va yaltiroq massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Sovutiladi va braunni pomadka bilan yopiladi. Chiroyli ko‘rinishi uchun ustiga olcha qo‘yib chiqiladi.

Xurshida Xonim