Bilasizmi?

Olimlar maktab o‘quvchilari va talabalar uchun eng yaxshi mahsulot qaysi ekanligini aniqladi

Britaniyalik olimlar maktab o‘quvchilari hamda talabalarda imtihonlar davrida chernika iste’mol qilishni masalat berishdi. Ularning aniqlashicha, ushbu meva miya faolligini oshiradi. Shu bilan birga u mutlaqo foydali hamda tabiiy mahsulot, deb xabar beradi Daryo.uz.

Tibbiyot xodimlari maktab o‘quvchilari o‘rtasida tajriba o‘tkazdi. Bolalar kompyuterda unchalik qiyin bo‘lmagan amallarni bajardi — ular ekrandagi belgilarni kuzatib borishi va kerakli tugmalarni bosishi kerak edi.

Bolalar ikki guruhga bo‘lindi. Guruhning biridagi o‘quvchilar masalani bajarishdan oldin chernika sharbatidan ichishdi, ikkinchisi esa — yo‘q. Chernika sharbatini ichgan o‘quvchilar o‘rtacha hisoblaganda masalalarni 10 foizga aniq va tez bajargan. Olimlar buni chernika tarkibidagi alohida kombinatsiyaga ega foydali moddalar sababli, deya izohlamoqda. Ular miya ishining faolligiga ta’sir qiladi.

Bundan tashqari chernika yoshi kattalar uchun ham foydali bo‘lib, yoshga bog‘liq bo‘lgan kognitiv buzilishlardan qochishga yordam beradi.