Teringizni muloyim bo‘lishini, ortiqcha vazn muammosini bartaraf etib, immunitetni mustahkamlashni, turli xil kasalliklardan qutulishni va kayfiyatni a’lo bo‘lishi uchun nimalar qilish kerak deb o‘ylanib qolasizmi? Javobi oddiy. Vanna qabul qiling!
Issiq va sovuq
Kontrast dush (issiq va sovuq suv qabul qilish) – eng foydali va shifobaxsh vanna hisoblanadi. Qon tomirlarni kengayishi va torayishiga bunday vannaning foydasi katta. Yurak faoliyatini va qon aylanish tizimini yaxshilashga foydalidir. Tushunarli qilib aytadigan bo‘lsak moddalar almashinuviga yordam beradi. Yana bunday dush qabul qilish orqali ozish borasidagi muammolardan qutulish, qon bosimni me’yorlashtirish, qon tomirlarning varikoz kengayishiga, turli stress, uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi.
Tuzli vanna
Tuzli vannalar teriga minerallarni to‘yintirish xususiyatiga egadir. Tuzli vannalar og‘riqlarni yo‘qolishiga yordam beruvchi, tinchlantiruvchi, terini muloyim va tirnoqlarni mustahkam qilish xususiyatiga ega. Agarda o‘zingizni sal narsaga charchaydigan, holsizlanadigan sezsangiz haftada bir marta tuzli vanna qabul qiling. Kuchlaringiz qaytib keladi.
Qanday foydalanish kerak? Shifobaxsh bo‘lishi uchun 1-2 kg. tuzni vannaga solib suv quyiladi. Ahvolingizga qarab tuzli vanna vaqtini belgilaysiz. 20 daqiqadan oshgan vanna yurakka og‘irlik qiladi.
Xantal (gorchitsa) shamollashda
Xantalli vannani shamollash boshlanganda foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday vanna terlatuvchi vanna hisoblanadi. Shamollashdan tashqari bunday vannani yurakning ishemik kasalligida, bronxial astma (xantalga allergiya bo‘lmasa), surunkali bronx yo‘llarining shamollashlarda yordam beradi.
Qanday foydalanish kerak? Avval xantal poroshogini suvda aralashtirib olinadi. 10-15 litr suvga 10-15 gr. hisobida solingan holda 15 daqiqa davomida vanna qabul qilinadi. Vanna qabul qilib bo‘lgach darhol o‘ranish kerak.
Manba: Darakchi.uz