Pishirishdan oldin go‘shtni yuvish — bir qarashda har doim ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydigan juda mantiqli fikr. Oshxonada qaysi xavfsizlik qoidalari sizga iflos oziq-ovqatlar bilan bog‘liq kasalliklardan saqlanishga yordam beradi?
Pishirishdan oldin go‘shtni yuvmang
Ko‘pchilik odamlar parranda, mol va qo‘y go‘shtlarini pishirishdan oldin yuvish kerak deb hisoblaydi. Aslida bunga zaruriyat yo‘q. Bakteriyalar pishirish jarayonida o‘ladi. Bundan tashqari yuvish foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi mumkin.
Siz xom go‘shtni oqib turgan suv tagida yuvar ekansiz, bakteriyalar oshxona anjomlariga, yuzalarga va oziq-ovqatlarga o‘tib olishi mumkin. Bu chetdan zaharlanish deyiladi.
Bu qoida tuxumlarga ham tegishli
Tuxumlar ishlov berish jarayonida yuviladi. Qo‘shimcha ravishda yuvish chetdan zaharlanish xavfini oshiradi xolos, ayniqsa agar po‘chog‘i yorilgan bo‘lsa.
Sabzavot va mevalarni albatta yuving
Iste’mol qilish yoki tayyorlashdan oldin sabzavot va mevalarni kir va bakteriyalardan tozalash uchun oqib turgan suv tagida yuving. Agar yuzasi kartoshka yoki olma kabi qattiq bo‘lsa, uni cho‘tka bilan ishqalang. Lekin hech qachon sovun ishlatmang.
Tayyorlash vaqtida shikastlangan joylarni kesib tashlang — bakteriyalar aynan shu yerga o‘rnashishni yaxshi ko‘radi. Mevali yoki sabzavotli salatni kesib tayyor qilganingizdan keyin sifatini va xavfsizligini saqlash uchun darrov sovitkichga qo‘ying.
Chetdan zaharlanishning oldini olish uchun go‘shtni maydalaganingizdan keyin qo‘lingizni albatta yuving
Xom go‘sht, parranda va go‘sht solingan idishlar bilan kontaktdan keyin albatta qo‘llarni yuvish zarur. Aks holda zaharlanishingiz ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.
Chetdan zaharlanishning oldini olish uchun oshxonadagi rakovina va yuzalarni sovunli suv bilan ishlov bering
Ehtiyotkorlik uchun hamma yuzalarni tarkibida xlor bo‘lgan oqartiruvchi va suvning (1 osh qoshiq oqartiruvchi vositaning 4 litr suv bilan) eritmasi yordamida ham zararsizlantirish mumkin.
Manba: Daryo.uz