Dioptriya, mobil telefoni displeyi va boshqa oynali yuzalardagi biroz qirilgan joylar albatta, ularning ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin bunday izlar buyumning ko‘rinishini buzadi.
Ularning tashqi ko‘rinishini avvalgi holatiga keltirish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin.
Asosiy usullar
Eng ommabop usul — silliqlash, lekin u yupqa oynalar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Deraza oynasi, akvarium, avtomashinaning oldingi oynasini silliqlash tavsiya qilinmaydi — xatoliklar ko‘zga tashlanib turadi. Bu usul bitta yirik yoki bir nechta mayda tirnalishlar uchun samaralidir.
Ikkinchi usul — sayqal berish. Bu usulni tanlashda, sayqal berilganidan keyin yuzaning shaffofroq bo‘lib qolishini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Uchinchi usul — GOI (xrom oksidi asosidagi, sayqallash uchun ishlatiladigan pasta) pastasi. Tanlangan vositaning abrazivlik darajasi qancha past bo‘lsa, u shuncha kichikroq o‘lchamdagi tirnalishlarni yashira olishga qodir bo‘ladi. Bu usul deyarli hamma vaziyatlar, shu jumladan ko‘zoynaklarni tiklash uchun ham samaralidir.
Bu qanday ishlaydi?
GOI pastasi bilan ishlash uchun tirnalgan yuzaga oldindan mashina moyi, quruq va toza lattaga esa biroz pasta surib qo‘yish kerak. Keyin latta shikastlangan sohaga qo‘yiladi. Aralashmani oyna yuzasiga aylanma harakatlar bilan surish kerak. Uy sharoitida GOIni tish pastasi bilan almashtirish mumkin.
Murakkabligiga qarab, usulni bir necha marta takrorlash kerak, shuning uchun bu ish bir necha daqiqadan boshlab bir necha soatgacha davom etishi mumkin.
Qo‘lda sayqal berish uchun avval yirik donli jilvir qog‘ozdan, keyin esa — maydasidan foydalanish kerak.
Manba: Daryo.uz