Ha, aynan oyoqlarni ozdirish uchun parhyezshunoslar tomonidan maxsus parhyez ishlab chiqilgan. Parhyezni har kunlik 15-20 daqiqalik jismoniy mashqlarbilan birlashtirishgan holda olibborishingiz shart. Jismoniy mashg‘ulotlarga esa: yugurish, suzish, sakrash va tez yurish kiradi.
Asosiy qoidalar:
- 1 oy o‘tib, ozg‘in va go‘zal oyoqlar egasi bo‘lishni istasangiz, kunlik ratsioningizga ozgina o‘zgartirishlar kiriting. Yog‘li go‘shtlardan, dudlangan va unli mahsulotlardan, shirinlik, sut va yog‘li sut mahsulotlaridan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.
- Kunlik ratsionga, albatta, salat bargi, bulg‘or qalampiri, sabzi, o‘rik qoqisi, banan, mol jigari kabi vitaminlarga boy mahsulotlarni kiriting.
- Kun davomida qon aylanishini yaxshilovchi va shishlarning oldini oluvchi zanjabilli va ko‘k choy ichishni kanda qilmang. Shuningdek, bir kunda 8 stakan gazlanmagan mineral suv ham iching.
- Bu parhezdagi kunlik kaloriya 1100-1500 kkkalni tashkil etadi.
1. Nonushta:
- 100 gr. yog‘siz yogurt, bitta ko‘k olma, bir bo‘lak ozgina sariyog‘ surtilgan non, ko‘k choy;
- 1 dona qaynatilgan tuxum, 2 bo‘lak non pishloq bilan va zanjabilli choy;
- 2 osh qoshiє yog‘siz sut yoki yogurt bilan aralashtirilgan yorma;
- bitta olma, 100 ml. yogurt va choy.
2. Tushlik:
- 200 gr. qaynatilgan tovuq go‘shti, limon sharbati qo‘shilgan sabzavotli salat;
- 2 osh qoshiq qaynatilgan loviya va salat bargi;
- sabzavotli sho‘rva, o‘simlik yog‘ida dimlangan mol jigari;
- yog‘siz kurka go‘shti va salat bargidan buterbrod va ko‘k olma.
3. Tolmachoy:
- Bitta banan, 100 ml. yog‘siz yogurt yoki kefir;
- mevali salat;
- sabzavotli salat;
- 2 dona pomidor va salat bargi.
4. Kechki ovqat:
- 150 gr. dimlangan gulkaram, 25 gr. yog‘siz pishloq va pomidor;
- dimlangan baliq, bulg‘or qalampirli va ko‘kpiyozli salat, 1 dona qaynatilgan kartoshka;
- dimlangan mol jigari, sabzavotli salat, 2 osh qoshiq kartoshka bo‘tqasi.
- ko‘kpiyoz va yashil no‘xot qo‘shilgan spagetti, limon sharbati qo‘shilgan pomidor va bulg‘or qalampirli salat.
- Parhezda tanlash imkoniyati bor, har kuni 4 marta istagan majmuani tanlab parhez qiling. Bu parhezni o‘zlarida sinagan ayollar 1 oyda 5-7 kilogramm vazn tashlashgan va oyoqdagi ortiqcha santimetrlardan xalos bo‘lishgan. Albatta, jismoniy mashqlar bilan birgalikda. Siz ham buni qilib ko‘ring.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi