Juda ko‘p ayollar o‘z qomatidan norozi bo‘lib, mukammallikka intiladi, ular yanada ozg‘inroq va jozibaliroq ko‘rinmoqchi bo‘ladi. Afsuski, buni qisqa vaqt ichida amalga oshirish mumkin emas, biroq ba’zi kiyim-kechaklar yordamida qomatingizga biroz tuzatish kiritish mumkin. Bunday kiyim-kechak buyumlari bilan maqolada tanishishingiz mumkin.
Noodatiy to‘g‘nog‘ich (brosh)
Yorqin to‘g‘nog‘ich o‘ziga diqqatni jalb qiladi va qomatdagi kamchiliklardan e’tiborni chalg‘itadi. Uning o‘rtacha kattalikdagisini tanlagan ma’qul. To‘g‘nog‘ichni pidjak yoki bluzkaning qaytarma yoqasiga qadashingiz mumkin.
Marjon
To‘g‘ri tanlangan taqinchoqlar, shu jumladan, marjon faqat foydangizga ish beradi. Uzun va qat-qat munchoq gavdani uzunroq qilib ko‘rsatadi. Mayda munchoq faqat nozik qizlarga tavsiya etiladi, qolganlar esa o‘rtacha kattalikdagi marjonlarni taqishi maslahat beriladi.
Sharf
Eng oddiy sharf ham sizga yordamga kelishi mumkin, buning uchun uni yelkangizga tashlab, uchlarini pastga tushiring, ularni hech ham bo‘yinga o‘rash kerak emas, aks holda bo‘yin semiz ko‘rinib qoladi.
Poshna
Siz uchun eng yaxshi variant — baland, biroq qalin poshnali poyabzal. Yodda tuting, ingichka poshna oyoqni yanada to‘laroq qilib qo‘yadi.
Pidjak
Kamchiliklarni bekitish uchun qalin matodan tikilgan, sondan sal pastroqqa tushib turuvchi va bel qismi xipchalashgan pidjakni tanlang. Uning rangi qora bo‘lishi shart emas, o‘zingiz sevgan rangni tanlashingiz mumkin.
Bluzka
Agar bluzka bel qismi ingichkalashgan hamda ortiqcha bezaklarsiz bo‘lsa, ozg‘in ko‘rsatishi mumkin. Burma hoshiyalardan ehtiyot bo‘ling, ular ortiqcha vazn qo‘shadi, xolos.
Yubka
Belida ortiqcha narsa bo‘lmagan va vertikal burmalarga ega bo‘lgan yengil model juda chiroyli ko‘rinadi.
Trikotaj
V shaklidagi yoqali kofta gavdani cho‘zadi va biroz ozg‘in ko‘rinish beradi.
Ko‘ylak
Garderobingizda bir yo‘la bir nechta bop ko‘ylaklar bo‘lishi kerak. Masalan, ulardan biri V shaklidagi yoqa, tashlanib turuvchi etak va kichik bezakka ega bo‘lishi mumkin.