Salomatlik

Ozishga yordam beradigan 10 ta oddiy maslahat

Aslida vazn tashlash unchalik qiyin emas, ammo bu ba’zilar uchun bajarib bo‘lmas ishdek tuyuladi. Odatda biz osonlik bilan ozishni boshlaymiz, biroq bunday rejimni uzoqroq vaqt saqlab turish qiyinlashib boraveradi. Quyidagi maslahatlar esa chiroyli qaddi-qomatga ega bo‘lish uchun intilishlaringizda qiyinchiliklar oldini olishga yordam beradi.

  1. Ko‘p suv iching

Ko‘p suv ichsangiz, tanangiz suyuqlikni ushlab turish va shishishni bas qiladi, natijada ortiqcha vazndan tezroq qutulasiz. Bundan tashqari, yetarlicha miqdordagi suyuqlik mushaklar samarali tarzda ishlashini kafolatlaydi. Ammo sharbat yoki gazlangan suvni oddiy suvga almashtiring.

  1. Ko‘taring, oting, harakatlaning

Tosh yoki gantellarni ko‘taring — bu uy sharotida bajarish mumkin bo‘lgan foydali mashq. Har kuni ertalab gantel bilan mashq qilsangiz, tez orada vazningiz o‘zgarganini sezasiz. Yukli mashqning yana bir turi — to‘p otish, bunda futbol yoki voleybol to‘pi to‘g‘ri keladi. Bu muskullarni mustahkamlaydi va umumiy epchillikni oshiradi.

  1. Ertalablari sayr qiling

Tongda kamida yarim soat davomida o‘rtacha tezlikda yurish — ortiqcha kaloriya va ortiqcha yog‘ni “yoqib yuborish”ni boshlash uchun yetarli bo‘ladi.

  1. Ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qiling

Meva-sabzavotlar nisbatan kamroq kaloriya va ko‘p kletchatkaga ega, bu esa ovqat hazm qilishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

  1. Uyda ovqat pishiring va yarim tayyor mahsulotlarni sotib olmang

Asosiy masalliqlari oqlangan shakar, fruktoza, glyukoza va makkajo‘xori siropidan iborat bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilmang. Restoran va kafelarda tortiladigan taomlar ham nomaqbul qo‘shimchalarga ega bo‘lishi mumkin. Yaxshisi uyda tabiiy masalliqlardan ovqat pishiring.

  1. Havorang narsalarga tikiling

Tadqiqotlar havorang va ko‘k rang ishtahani pasaytirishini ko‘rsatdi. Ovqatlanadigan xonangizni qizil, sariq va jigarrangga bo‘yamang, ular, aksincha, ishtahani ochib yuborar ekan. Va albatta, havorang likop sotib oling!

  1. Televizorni kamroq ko‘ring

Ko‘plab tadqiqotlar odam televizor tomosha qilganida ancha ko‘p ovqat yeb qo‘yishini isbotlagan. Yoki televizor ko‘rish vaqtida tamaddi qilish uchun foydali yeguliklarni tanlang.

  1. Oq mahsulotlardan nari yuring

Oq undan qilingan taom, masalan, oq non katta porsiyadagi oddiy uglevodlar demakdir, u tez vazn yig‘ilishiga olib keladi. Oq non o‘rniga bug‘doy non yeng, shuningdek, murakkab uglevodlar, avvalambor, boshoqli o‘simliklar iste’molini ko‘paytiring.

  1. Yetarlicha uxlang

Uyquning sifati, shubhasiz, vaznga ta’sir o‘tkazadi. Odam kuniga 7—8 soatdan uxlashga ehtiyoj sezadi. Uyqu bilan bog‘liq muammolar organizmda hayot uchun muhim gormonlar yetishmasligiga olib keladi, bu esa vazn yig‘ishga sababchi bo‘ladi.

10. Qahvaga hech narsa qo‘shmasdan iching

Latte va kapuchchinoning har bir finjonida bir necha yuzlab kaloriya bo‘lishi mumkin. Ularning o‘rnini biroz sut qo‘shilgan oddiy qahva bilan bosish mumkin.