Madaniyat

Pardoz vositalarining haqiqiy yaroqlilik muddati

Har birimiz oz miqdorda bo‘lsa-da kosmetika vositalaridan foydalanamiz. Kimdir faqat yengil pudra va kipriklar uchun tushdan foydalansa, yana kimdir har kuni pardoz vositalaridan to‘liq foydalanadi.

Biroq odatda barchamiz ularning yaroqlilik muddati haqida unutib qo‘yamiz. Shunda ba’zi kosmetika vositalari pardoz anjomlari saqlanadigan qutida uzoq vaqt davomida turib qoladi. Biroq bunday vositalardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki gap sizning go‘zalligingiz va teri salomatligi haqida bormoqda.

Shuning uchun kosmetika vositalarining aslida yaroqlilik muddati qancha ekanligi haqida ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

  1. Lab uchun mo‘ljallangan qalam ishlab chiqarilgandan keyin 1 yil muddat davomida foydalanish uchun yaroqlidir.
  2. Suvli asosdagi pardoz osti vositasi

Barcha suvli asosdagi vositalar kabi ular ham sizga 1 yildan ortiq xizmat qila olmaydi. Aks holda suv muhitida turli mikroblar tez rivojlanganligi uchun teringiz bilan bog‘liq muammolar yuzaga kela boshlashi mumkin.

tonalka

  1. Pudradan 18 oydan ortiq foydalanilsa, yuzingizdagi teshikchalar yopilib qolib, teri qarishi tezlasha boshlaydi.
  2. Shimuvchi vositalarning yaroqlilik muddati 1 oy! Undan biz odatda ko‘nikib qolgan muddat mobaynida foydalanish yaramaydi. U teri teshikchalarini bekitib, terini buza boshlaydi. Agar yangisini tez-tez xarid qilish sizga ma’qul kelmasa, ularni muntazam ravishda yuvib turing. Ularni almashtirib turish albatta yaxshiroq.sponj
  3. Gelli podvodka

Undan atigi 3 oy davomida foydalanish mumkin. Shundan so‘ng ularda bakteriyalar paydo bo‘la boshlaydi. Bu esa turli teri xastaliklari, shuningdek, ko‘z kasalliklarini chaqirishi mumkin.

  1. Pushti-qizil yog‘upalar 2 yil davomida yaroqlidir.
  2. Kiprik uchun tushlarning yaroqlilik muddati 3 oydir. Undan har zamonda foydalangan bo‘lsangiz ham uch oydan ortiq foydalanish xavfli sanaladi.
  3. Lab bo‘yog‘ingiz ko‘pligidan xabardormiz. Biroq ulardan ba’zilarini tashlab yuborish vaqti kelmadimikan? Lab bo‘yog‘ining xizmat muddati 1 yil.
  4. Lablarni yarqiratuvchi vositalardan esa 18 oydan 24 oygacha foydalanish mumkin.blesk1
  5. Kremli tenlar

Qovoq uchun mo‘ljallangan kremli tenlardan 12 oydan 18 oygacha foydalanish mumkin. Aks holda yuzingizning ushbu nozik hududi qarishini tezlashtirasiz.

Maqolani tayyorlashda internet manbalaridan foydalanildi.