Bilasizmi?

Pul tejashni xohlovchilar uchun 3 ta oddiy mashq

Bunday mashqlar byudjetingizdagi pullar qayerga ketayotganini anglashga va ortiqcha xarajatlardan voz kechishga yordam beradi.

  1. Xarajatsiz kunlarni aniqlang

Haftaning siz pul sarflamaydigan bir yoki bir necha kunlarini tanlang. Yo‘l kirasi va tushlik uchun qilingan xarajatlar bundan mustasno. Bu sizni ishga borish va qaytish vaqtida yo‘lda o‘z-o‘zidan qilinadigan xaridlardan saqlaydi.

Siz qanchalik ko‘p ortiqcha narsalarni sotib olayotganingizni tushuna boshlaysiz.

Uyda ovqat tayyorlash uchun faqat sovutgichdagi oziq-ovqatlardan foydalaning. Bunday kunlarda pitssa va sushi haqida unuting.

Siz xaridlaringizni rejalashtira boshlaysiz, chunki kechki ovqatni o‘zingizda bor oziq-ovqatlardan tayyorlaysiz. Balki bir hafta uchun oldindan taomnoma tayyorlab qo‘yishga o‘rganarsiz, chunki bu ham pulni tejashning yaxshi usuli.

Xarajatsiz kunlar ancha mablag‘ni tejab qolishga imkon beradi.

  1. Cheklangan miqdorda naqd pul oling

Plastik kartani uyda qoldirishga va o‘zingiz bilan naqd pul olishga harakat qiling. Faqat qat’iy belgilangan miqdorda: masalan, 25000 yoki 50000 so‘m. Bu ortiqcha sarf-xarajatlarni yo‘qotishga va pullar aynan qayerga ketayotganini aniqlashga imkon beradi.

Bu savolga javob topish byudjetni shakllantirish uchun juda muhim. Ko‘pchilik uchun tanish bo‘lgan holat: bir hafta oldin ish haqi olingan bo‘lsa ham, hamyondagi pul zaxirasi deyarli qolmagan. Biron-bir katta narsa sotib olmagan bo‘lsangiz ham, lekin hamma katta narsalar mayda-chuydalardan tashkil topgan bo‘ladi.

            3. Bir oylik taqiq o‘rnating

Agar siz byudjetingizning katta qismini o‘pirib ketayotgan xarajatlar manbasini aniqlagan bo‘lsangiz, bu xarajatlardan bir oy voz keching. Balki bu internet, yoki buyurtma orqali uyga ovqat sotib olish, yoki taksida yurish xarajatlari bo‘lishi mumkin.

Bir oy bularsiz ham bemalol yashash mumkin. Ovqatni uyda tayyorlang, smartfoningizdagi taksi chaqirish dasturlarini o‘chirib tashlang. Natija juda ajoyib bo‘ladi: siz bunday mayda-chuydalardan ancha mablag‘ni tejashga muvaffaq bo‘lasiz.

Manba: Daryo.uz