Bilasizmi?

Qanday qilib qaychini qo‘l ostidagi vositalar yordamida o‘tkirlash mumkin?

Qaychilar ko‘p yillar davomida o‘z vazifasini yaxshi bajarishi uchun vaqti-vaqti bilan tig‘larining o‘tkirligini tekshirib turish kerak.

Qaychilarni o‘tkirlash uchun quyidagi vositalardan foydalanish mumkin:

  1. Folga

Bir bo‘lak folga oling, uni bir necha marta buklang va qaychi yordamida mayda uzunchoq bo‘lakchalar kesing. Yupqa metallning  ta’siri ostida tig‘larning o‘tkirligi qayta tiklanishi kerak.

  1. Qoplarni tikishga mo‘ljallangan katta igna

Ignani qaychining keskichlari orasiga qo‘ying va igna tig‘larga tomon harakatlanishi uchun halqani sekinlik bilan siqing.

Bundan tashqari, tig‘larning birlashish zichligini tekshirib ko‘rishni tavsiya qilamiz. Agar zarur bo‘lsa, o‘q bo‘ylab qo‘yilgan murvatini burang.

Yuqoridagi usullardan foydalansangiz, qaychilar albatta o‘ziga qo‘yiladigan vazifalarning ajoyib tarzda uddasidan chiqadi deb umid qilamiz.

Manba: Daryo.uz