Oshxona

Qatlama somsa - eski retseptni yangilang!

Zarur masalliqlar: 300 gr. qatlama xamir, 250 gr. tvorog, 200 gr. qovoq, 50 gr. mayiz, tuz, shakar, dolchin, o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanishi: 1. Qovoqni maydalab, to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang-da, shakar seping. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovoq yumshaguncha pishirib oling.

2. Tvorog va mayizni qovoqqa solib, yaxshilab aralashtiring.

3. Qatlama xamirni yoyib, to‘rtburchak shaklda kesing. Qovoqli qiymadan solib buking. Somsalarni yog‘langan qolipga terib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaqa qo‘ying. So‘ngra dolchin va qand upasi sepib, yana 5 daqiqa gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

4 kishilik. 

z77mhnpeaEvewUHKIhAh59M3hglnVGsB

Manba: Darakchi.uz