Oshxona

«Qish ifori» torti - sovuq kunlarda ko‘ngil muzqaymoq tusasa...

Zarur masalliqlar: korj uchun: 450 gr. uvalanadigan pechene, 200 grammdan sariyog‘ va qora shokolad, 7 osh qoshiq qaymoq; tvorogli aralashma uchun: 500 grammdan tvorog va smetana, 100 gr. istalgan yong‘oq mag‘zi, 70 ml. qaymoq, 15 gr. jelatin, 1 gr. vanilin.

Tayyorlanishi: 1. Pechenelarni yaxshilab ezing. Xona haroratida yumshatilgan sariyog‘ qo‘shing. Yaxshilab aralashtirgach, aylana shakldagi chuqurroq qolipga pishiriq qog‘ozi joylab, ustiga aralashmani soling.

2. Shokoladni maydalab, qaymoq qo‘shing-da, suv bug‘iga tutib aralashtiring. So‘ngra pecheneli korj ustiga solib, yuzasini tekislang. Va muzlatkichga qo‘ying.

3. Tvorogli aralashma uchun qaymoqqa jelatinni qo‘shib, 30 daqiqagacha bo‘ktirib qo‘ying. Keyin jelatin eriguncha olovga qo‘ying. Faqat qaynab ketmasin.

4. Tvorogni shakar bilan yaxshilab aralashtiring. Smetana qo‘shib ko‘pirtiring. Jelatinli qaymoq va vanilinni ham soling. Keyin tortning ustiga solib, maydalab qovurilgan yong‘oq mag‘zini seping. Va muzlatkichga qo‘ying.

4 soat

6 kishilik

Manba: Darakchi.uz