Bilasizmi?

Qish uchun bankaga ketchup yopamiz

Qishga ushbu retsept bo‘yicha ketchup tayyorlash uchun yaxshi pishgan va sersuv pomidor hamda qizil rangli shirin bulg‘or qalampiri olgan yaxshiroq — shunda rangi yorqinroq, mazasi boyroq bo‘ladi.

Masalliqlar:

  • 5 kg pomidor;
  • 1 kg nordon olma;
  • 1 kg piyoz;
  • 1 kg qizil bulg‘or qalampiri;
  • 1 stakan 9 foizli sirka;
  • 10 ta chinnigul g‘unchasi;
  • 1 choy qoshiq tuyilgan dolchin (koritsa);
  • 20 ta qalampir donasi;
  • ta’bga ko‘ra, tuyilgan qizil qalampir;
  • 2 osh qoshiq kraxmal;
  • 1 stakan shakar;
  • 3 osh qoshiq tuz.

Tayyorlanishi:

Pomidor, olma va bulg‘or qalampirini bandidan va urug‘laridan tozalab, katta-katta qilib to‘g‘raymiz, keng kastryulga solib, olovga qo‘yamiz.

Qaynab chiqqach, olovni pasaytiramiz va ichiga chinnigul, qalampir donalarini solib, past olovda 1—1,5 soat qaynatamiz. Massa obdan qaynab, quyulib qolishi kerak.

Uni suzg‘ichdan o‘tkazamiz.

Sovigan sabzavotli pyuredan 1 stakan olib, unda kraxmalni eritamiz.

Qolgan pyureni yana olovga qo‘yib, shakar, tuz, dolchin, tuyilgan qizil qalampir soling va aralashtirib, 15 daqiqa qaynating.

So‘ng sirka qo‘shib aralashtiring va aralashtirishdan to‘xtamay, pyureda eritilgan kraxmalni soling va va yana qaynating.

Qaynoq ketchupni sterillab tayyorlab qo‘yilgan bankalarga soling va og‘zini mahkamlang.

Bankalarni «oyog‘ini osmondan» qilib ag‘darib, ko‘rpaga o‘rang va to‘liq sovigunicha shu holda qoldiring.

Ketchupni qishda salqin va qorong‘i joyda saqlang.

Manba: Daryo.uz