Bilasizmi?

Qishki kiyimlarni to‘g‘ri saqlash qoidalari

Yangi mavsum kelishi bilan kiyim-kechaklarni yangilash, keraksizlaridan xalos bo‘lish va qishki kiyimlarni javonning uzoq burchaklariga “safarga yuborish” ehtiyoji tug‘iladi. Bunday paytda qishki buyumlarni saqlash qoidalariga rioya qilish zarur.

Qo‘llash kerak bo‘lgan eng asosiy qoida — bu issiq kiyimlarni olib qo‘yishdan avval ularni tozlashdir. Bundan kimyoviy tozalash xizmatidan foydalanish mumkin, biroq mustaqil ravishda tozalamoqchi bo‘lsangiz, kiyimlardagi yorliqlarga e’tiborli bo‘ling. Bundan tashqari, qishki kiyimlar cho‘ntaklarini bo‘shatishni ham unutmang.

Kiyimlarni havo yaxshi aylanadigan, quruq, salqin va qorong‘i joyda saqlash lozim. Buyumlarni poliyetilen paketlarga solmang. Poliyetilen havo aylanishiga to‘sqinlik qiladi va natijada yoqimsiz hid yuzaga kelib, kuya paydo bo‘lishi uchun qulay sharoit yaraladi. Bundan tashqari, oq rangdagi buyumlarning buklangan qismlari poliyetilenda sarg‘ayib qoladi. Shu tufayli, kiyimni yaxshisi tabiiy matolardan qilingan g‘iloflarda yoki zig‘irpoya tolasi va qalin paxta matosidan tikilgan xaltalarda saqlagan ma’qul.

Mo‘ynali kiyim-kechaklar

скачанные файлы (1)

  • Mo‘ynani keng va qorong‘i shkafda, batareya va boshqa issiqlik manbalaridan uzoqda saqlash lozim;
  • Salqin va bulutli havoda mo‘ynani vaqti-vaqti bilan ochiq havoga chiqarib turish zarur;
  • Bo‘yalgan va tabiiy rangga ega mo‘ynalarni bitta idishda saqlamang;
  • Kuyaga qarshi vositadan albatta foydalaning;
  • Mo‘ynani to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan saqlang;
  • Bunday buyumlarni poliyetilen g‘iloflarda saqlash yaramaydi.

Jun gazlamali buyumlar

скачанные файлы (2)

Jun gazlamadan tikilgan kiyimlarni olib qo‘yishdan oldin ularni yaxshilab shamollating. Singib qolgan ovqat, tamaki yoki atir hidi ham kuyani o‘ziga chaqiradi.

Bunday buyumlarni kimyoviy tozalashga bergan ma’qul. Qo‘lda yuvmoqchi bo‘lsangiz, bolalar shampuni yoki jun kiyimlar uchun maxsus vositadan foydalaning.

Kuya paydo bo‘lishining oldini olish uchun eng yaxshi chora — jun kiyimlarni germetik poliyetilen paketga solgan holda muzlatgich kamerasida 3—4 kun saqlashdir.

Charm buyumlar

скачанные файлы

Kuchli kirlangan bo‘lsa, charm kiyimni faqat professionallarga berib tozalatish lozim. Uyda uning ifloslangan qismlarini qaynatilmagan iliq sut yordamida artish mumkin, undagi yog‘ charmga yaxshi singadi.

Charmdan tikilgan kiyimlarni xona haroratida kiyimosgichga ilgan holda quritish mumkin. Tekislash kerak bo‘lsa, astarini ag‘darib, uch qavat doka bilan past haroratda dazmollash mumkin.

Hech qanday vaziyatda charm buyumlarni kir yuvish mashinasida tozalash yaramaydi, oqibatda charm qo‘pollashib, bo‘yog‘i to‘kiladi, dog‘ va kirlar esa aksincha, qolib ketadi.

Charm buyumlarni havo o‘tmaydigan poliyetilen paketlarda saqlash kerak emas.