1.Men o‘zini erkin tashlab qo‘ygan insonning boy ichki dunyosi borligiga ishonmayman, shuningdek sochlari ulama va lablari ishirilgan qizning aqliy jihatdan yetukligiga ishonmayman.
2.Agar siz haqingizda g‘iybat qilishsa, demak siz tiriksiz va kimgadir halaqit qilayapsiz. Agar siz hayotda jiddiy, muhim va ahamiyatli nimadir qilmoqchi bo‘lsangiz, ishingizning tarafdorlari va raqiblari albatta bo‘ladi.
3.Hech qachon tushkunlikka tushish kerak emas. Har doim chiroyli qiyofada bo‘lish kerak. Yomon kayfiyatni ko‘rsatish kerak emas. Asosan, qarindosh va yaqin insonlarga. Ular qo‘rqib ketishadi. Dushmanlar esa, baxtli bo‘lishadi. Shu sababli nima bo‘lgan taqdirda ham qanday ko‘rinishda ekanligingiz haqida o‘ylashingiz kerak.
4.O‘ziga oro bergan ayol xalatdagi ayol erisha olmagan narsalarga erisha oladi.
5.Boshqalarga qaraganda emas, kechagidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lish kerak. Garchi bu qoida oson bo‘lmasa ham, lekin eng yutuq chiqmay qolmaydi...
6.Ayol kishi semiz emas, havasni keltiradigan, uzun emas, qaddi-qomati kelishgan, ozg‘in emas, xushbichim, pakana emas, nafis ekanligini unutmasligi kerak. Olloh sizga bergan qomatning qadriga yeting!
7.Menda qandaydir yorqin tasvirlangan shior yo‘q. Lekin men bilamanki, hech qachon taslim bo‘lmaslik va to‘xtab qolmaslik zarur. Istak bor yoki yo‘q, yaxshi yoki yomon, qiziqarli yoki qiziq emasligidan qat’iy nazar bajarish kerak. Siz har doim nima qilayotganingizni bilishingiz kerak.
Xurshida Xonim