Oshxona

"Qor malikasi"

Zarur masalliqlar: 300-400 gr. un, 100 gr. margarin, 1,5 st shakar, 4 dona tuxum, 4 osh qoshiq asal, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi; kremiga: 500 gr. qaymoq, 200 gr. qand upasi; ichiga solishga: 2 ta banan; bezak uchun: kokos qirindisi.

Tayyorlanishi: 1. Suv bug‘ida asalni eritib, margarini va shakar qo‘shing. Shakar erigach, tuxumni bittalab solasiz.

2. Iste’mol sodasini qo‘shib, aralashtiring. Aralashma shishib ko‘tarilgach, olovdan olib, un solib, xamir tayyorlang. Xamirdan 8 ta zuvala yasang.

3. Zuvalalarni o‘rtacha qalinlikda yoyib, qizdirilgan gaz pechida 8-10 daqiqa davomida pishirib olasiz.

4. Qaymoqqa qand upasini aralashtirib, krem tayyorlang. Tayyor korjlarga krem surtib, aylana shaklda to‘g‘ralgan bananlarni terib chiqing. Eng ustki qavatiga krem surtib, kakos qirindisini seping.

5. Shirinlik bir kun shu holicha turishi kerak. So‘ngra to‘rtburchak shaklda kesib, dasturxonga tortasiz.

Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa

10 kishilik

Manba: Darakchi.uz