Madaniyat

Qorinni ketkazish uchun 4 ta yoga mashqi

1. Tizzani shunday bukingki, qoringa tegsin, qo‘llar bilan tizzalarni ushlab oling. Boshni shunday ko‘tarinki, burun tizzaga tegsin, 30 soniya chuqur nafas olib shu holatda turing.

2. Qo‘llarga tiralib turib oling. Qorinning yuqori qismini belga kuch bergan holda ko‘tariling, boshni tik tuting, shu holatda 40 soniya turing.

3. Oyoqlarni to‘g‘ri va erkin qo‘ying. Qo‘larni bosh uzra yuqoriga ko‘taring. Shu holatda oyoqqa egiling, qo‘llarni oyoq ortiga o‘tkazib, 2 daqiqa shu holatda qoling.

4. Yelkaga yotib oling. O‘ng tizzani bukib, chap tomonga buking. Chuqur nafas olgan holda shu oyoqni chap qo‘l yordamida yerga buking. So‘ng boshni chap tomonga qarating. Shu holatda 10 soniya turib, mashqni bir necha marta ikki oyoqda bajaring.

Manba: Darakchi.uz