Bilasizmi?

Quvvatni tejovchi chiroqlar zararlimi?

Bugungi kunda quvvat tejovchi chiroqlar juda ommabop bo‘lib ketdi. Ularning afzalligi – oddiy chiroqlarga qaraganda ancha kamroq quvvat sarflashi hisoblanadi. Lekin ko‘pchilikni «Bunday chiroqlar zararli emasmi?» — degan savol qiziqtiradi.

Ultrabinafsha nurlanish

Quvvat tejovchi chiroqlarda ultrabinafsha nurlanishning ishtiroki – isbotlangan haqiqat. Shuning uchun ko‘pchilik ular odamning terisiga va ayniqsa ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydi.

Lekin, quyosh nurlarining bevosita ta’siridan farqli ularoq, ko‘zlarimiz va ultrabinafsha nurlari orasida himoyalovchi to‘siq – quvvat tejovchi chiroqlar shishasi mavjud.

Lip-lip qilib turishi

Ko‘pchilik shifokorlar quvvat tejovchi chiroqlarning lip-lip qilib turishini juda jiddiy omil deb hisoblashini yana bir salbiy holat deyish mumkin.

Yorug‘likning bunday ta’siri ko‘zlarning toliqishi, surunkali bosh og‘riqlarini keltirib chiqarishi va hatto asab tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham mumkin.

Simob

Quvvat tejovchi chiroqlar ichidagi simoblardan xavotir oladiganlarni tushunish mumkin. Albatta, bunday chiroqlarda bu o‘ta zaharli modda juda kam miqdorni tashkil qiladi, lekin simobning jigar, buyraklar, asab tizimi, bosh miya va boshqa a’zolar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini yaxshi bilamiz.

Quvvat tejovchi chiroqlar sinishi va biroz vaqt ichida simob bug‘lari butun xona bo‘ylab tarqalishi mumkin. Shuning uchun iste’molchilar quvvat tejovchi chiroqlarni oddiy chiqindilar bilan birga tashlamaslik va ular maxsus yo‘qotishni talab qilishi haqida doimiy ravishda ogohlantirib kelinadi.

Allergiyaga moyil kishilarga ta’siri

Juda kamdan-kam hollarda quvvat tejovchi chiroqlar teri allergiyasiga chalingan odamlar uchun biroz noqulayliklar tug‘dirishi mumkin.

Shubhasiz, bunday holat faqat terisi juda nozik odamlarda kuzatiladi. Bunday toifadagi kishilarga xonani yoritishda maxsus himoyalovchi plafonlardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Manba: Daryo.uz