Zarur masalliqlar: yarim kg. sabzi, 250 gr. yumshoq pishloq, 3 dona tuxum, 50 gr. qattiq pishloq, 2 osh qoshiq mayonez, 30 gr. sariyog‘, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, tuz, murch, ko‘katlar.
Tayyorlanishi: 1. Qirg‘ichdan chiqarilgan sabzini o‘simlik yog‘ida qovurib oling. Sabzi yumshagach, tuxum sarig‘i, mayda to‘g‘ralgan ko‘katlarni qo‘shing. Tuz va murch seping.
2. Tuxum oqini mikser yordamida ko‘pirtiring-da, sabzili aralashmaga qo‘shing.
3. Gaz pechi patnisiga pishiriq qog‘ozini soling. Ustiga sabzili aralashmani joylang. Sabzili korj qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishiriladi.
4. Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqqa, yumshog‘ini qo‘shing. Mayonezni solib, tuz namagini sozlab oling.
5.Pishgan sabzili korj ustiga pishloqli aralashma tekis surtiladi. So‘ng korjni bir tomonidan boshlab, rulet shaklida o‘rash lozim. Ruletni 15-20 daqiqaga muzlatgichga qo‘yib olsangiz, ta’mi yanada mazali bo‘ladi.
1 soat
6-8 kishilik
Manba: Darakchi.uz