Fud-fotosuratchi Mishel Baldini (Michele Baldini) instagramdagi sahifasida qovurilgan tuxumlarning suratlarini e’lon qilib boradi. Ular art-ob’yektga o‘xshab qolgan. Uning akkaunti esa @the_eggshibit deb ataladi («exhibit» — «eksponat» va «eggs» — «tuxumlar»dan).
Fotosuratlarda peyzajlar, taniqli brendlar va pop-madaniyatdan darak beruvchi tasvirlar, mashhur suratlar «reproduksiyasi» va mamlakatlar ko‘rinishi aks ettirilgan. Har bir tasvir tovada oddiy tuxumlar yordamida yaratilgan.
Manba: Kun.uz