To‘yimli nonushta uchun ideal variant
Kerakli mahsulotlar:
1 dona katta bo‘lmagan piyoz
½ o‘rtacha shirin bulg‘ori qalampiri
1 dona kichik achchiq qalampir
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
½ choy qoshiq maydalangan zira
200 g sharbati chiqarilgan pomidor
Ta’bga ko‘ra tuz va shakar
1 choy qoshiq uzum yoki olma sirkasi
3 dona tuxum
Tayyorlanishi:
1.Piyozni mayda, bulg‘ori qalampirini somoncha qilib to‘g‘raladi. Tovada o‘rta olovda 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘ini qizdiramiz. Piyoz va bulg‘orini solib, 5 daqiqada davomida aralashtirib, qovuramiz.
2.Mayda to‘g‘ralgan garmdori, sarimsoq piyoz vazirani qo‘shamiz. Yana 1 daqiqa qovuriladi. Pomidor sharbati bilan qo‘shiladi. 5 daqiqa davomida qopqoqsiz holatda dimlaymiz. Ta’bga ko‘ra sirka, tuz va shakar qo‘shiladi.
3.Tovaga tuxumni chaqamiz.
4.Past olovda 10 15 daqiqa davomida tayyorlaymiz. Variant sifatida tovani 200 darajada qizdirilgan gaz pechida joylashtirib, pishirish mumkin. Non yoki lavash berish tortish mumkin.
Xurshida Xonim