Kasal bo‘lmaslik uchun sog‘lom turmush tarzining asosiy jihatlari — me’yorida uxlash, sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanish haqida unutmaslik kerak. Biz sizning e’tiboringizga shamollash va grippga qarshi kurashishda yordam beruvchi 5 xil oziq-ovqatlarni havola qilamiz.
Losos
Bu yog‘li baliqning tarkibi ko‘p miqdordagi oqsillar va omega-3 yog‘ kislotalaridan tashkil topgan. Oqsil immun tizimi tuzilmasini sintez qilish uchun juda zarur. Bu tuzilmalarsiz immun tizimi hujum qilayotgan viruslar va bakteriyalar qarshisida qurolsiz askarlarga o‘xshab qoladi.
Bir haftada 2—3 marta 100 g dan iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Grekcha yogurt
Bu yogurt tarkibida katta miqdordagi oqsillardan tashqari immunitetni mustahkamlovchi probiotiklar ham mavjud.
Tavsiya qilinadigan kunduzgi norma — 200 ml ga yaqin.
Tuxum
O‘rtacha kattalikdagi tuxum tarkibida 6,8 g oqsil bor. Oqsil mushaklar va tanani yaxshi tutib turish uchun zarur quruvchi material hisoblanadi. Tuxumda oqsillardan tashqari ko‘p miqdorda vitaminlar va minerallar, shu jumladan immun tizimini sog‘lom ushlab turuvchi B6 va B12 vitaminlari mavjud.
Yong‘oqlar
Yong‘oqlar — tarkibida oqsillar yuqori bo‘lgan ozuqa hisoblanadi. Shuningdek yong‘oqlarda immun tizimini sog‘lom tutib turishga yordam beruvchi minerallar — selen va rux ham mavjud.
Bulg‘or qalampiri va yaproqli ko‘kat
C vitamini bulg‘or qalampiri tarkibida sitruslilardagiga qaraganda ancha ko‘proq. Shuningdek, ismaloq, bryussel karami va brokkoli ham C vitaminiga juda boy. C vitamini shamollash va grippni hayday olmasa ham, u kasallik muddatini qisqartirishga va sog‘ayish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi.
Manba: Daryo.uz