Olimlar tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, zamonaviy shampunlar tarkibiga kirgan kimyoviy qo‘shimchalar zararli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.
Sodium Laureth Sulfate
Shampun suyuqligining ko‘pirishi uchun xizmat qiladi. Dastavval mazkur qo‘shimcha avtomobi qismlarini tozalash uchun ishlab chiqilgan. Ushbu qo‘shimchaning kimyoviy elementlari bosh terisi orqali organizmga kira oladi. Muntazam foydalanilganda organizm ichki a’zolariga nojo‘ya ta’sir etishi mumkin.
BHT (Butylated Hydroxytoluene)
Kislorod bilan reaksiyaga kirishib, yog‘ oksidlanishini keltirib chiqaradi. Mazkur qo‘shimcha ko‘pgina xorij davlatlarida taqiqlangan kosmetik komponenti hisoblanadi.
Sodium Lauruulaureth Sulfate
Natriya lauril yoki lauretsulfat. Bosh terisini tozalash xususiyati qayd etilsa-da, aslida, bu shunchaki ko‘zbo‘yamachilik, xolos. Tarkibida ushbu komponent bo‘lgan kosmetik vositasi bosh terisini quruqlashtirib, qichishish, allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi mumkin.
DEA, TEA
Sifatsiz hamda soxtalashtirilgan shampunlar yorlig‘ida ko‘rish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha. Ushbu komponent tarkibida ammiak bo‘lib, uzoq vaqt foydalanilganda bosh terisining zararlanishi, ko‘zlar qichishishi, bosh og‘riqlariga sabab bo‘lishi mumkin.
SLES
Aksariyat hollarda bolalar shampuni tarkibida uchraydi. Yaxshilab yuvib tashlansagina, nojo‘ya ta’sirini kamaytirish mumkin.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi