Oshxona

Shohona taom

Zarur masalliqlar: 1 kg. mol go‘shti (suyaksiz), 200 gr. pishloq, 150 gr. konservalangan qo‘ziqorin, 1 dona pomidor, mayonez, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Mol go‘shtini 4 ta kattaroq bo‘lakka ajrating-da, bolg‘acha yordamida urib, yumshating. Tuz va ziravorlar sepib, o‘simlikyog‘i surtilgan patnisgaterib chiqing.

2. Go‘sht ustiga aylana shaklda to‘g‘ralgan pomidor bo‘laklarini joylang.

3. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib, yarmini qovurilayotgan go‘sht ustiga soling. Konservalangan qo‘ziqorinlarni ham joylang.

4. Mayonez qo‘shib, tuz seping-da, qolgan pishloq qirindisini soling. 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo‘ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

4 kishilik.

Manba: Darakchi.uz