Shokolad slim (Chokolate Slim) (Slim (ing.) – ma’nosi: nozik, xushbichim) – ozish uchun taklif qilinayotgan navbatdagi firibgarlik mahsuloti! Nomi bunday ekaniga qaramay, u hech qanday shokolod emas, balki oddiy kakao kukuni asosidagi quruq ichiimlik xolos. Eng asosiysi, u kishining ozishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, uning tarkibidagi moddalar alohida olinganda ham, birgalikda qo‘llanilganda ham, inson vaznining kamayishiga sabab bo‘la olmaydi.
Chokolate Slim mahsuloti reklamasining bu qadar surbetligini faqatgina “Suyuq kashtan” reklamasi bilan solishtirish mumkin xolos. Endi bo‘lsa, barchasini tartib bilan ko‘zdan kechiraylik. Sotuvchilar tomonidan Shokolad Slim iste’mol qilgan odam 28 kunda 24 kg gacha vazn tashlashi mumkinligi , bu mahsulot faqat “tabiiy mahsulotlardan” tashkil topganligi, “Biologik faol qo‘shimcha” emasligi va “ortiqcha vazn muammosining sababini bartaraf qilishi” va’da qilinmoqda. Shuningdek, «moskvalik parhez bo‘yicha mutaxassis Yevgeniya Verxovseva» bunga kafolat bermoqda. Buning imkoni bormikin? Bunday savollarga javoblarni Shokolad Slim tarkibidan qidirib ko‘ramiz.
ShOKOLAD SLIM NIMALARDAN TAShKIL TOPGAN?
Mahsulot yorlig‘ida keltirilgan tarkib chindan ham tabiiy mahsulotlardan iborat, unda hech qanday bo‘yoqlar, hid beruvchi vositalar va hatto, yumshatgichlar ham mavjud emas. Unda faqat rezavor mevalar, zamburug‘li qo‘ziqorinlar, boshoqli o‘simliklar, kofe donachalari va kakao kukuni borligi ko‘rsatilgan. Keling, uning har bir takrkibiy qismini ko‘zdan kechiraylik:
GOJI REZA MEVASI (YaGODI GODJI)
Goji reza mevasi inson vazniga hech qanday ta’sir qilmaydi, boshqa mevalardan ko‘ra ko‘proq darmondori (vitamin) va mikroelementlarga ham ega emas va yog‘ to‘planishiga qarshi hech qanday ta’sirga ega emas. Bu shunchaki odamlar iste’mol qiladigan reza mevadir.
ASAI REZA MEVASI (YaGODI ASAI) Bu ham insonlar iste’mol qiladigan reza meva, unchalik shirin emas. Uning vatani bo‘lgan Amazoniyada ushbu meva xo‘jag‘at (malina) yoki krijovnik kabi iste’mol qilinadi. Asai mevasini boshqa mevalardan ustun taraflari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Amerikaning oziq ovqat va dori-darmonlar boshqarmasi (FDA) hatto bu sevaning salomatlikka zarar keltirmasligini ham tasdiqlagani yo‘q. Aytgancha, Shokolad Slim sotadigan saytlarda «Asai reza mevasi» degan yozuv tagida oddiy golubikaning rasmi turibdi, Asai esa boshqacha o‘simlikdir.
ChIA URUG‘I (SEMENA ChIA)
Qisqacha qilib aytganda, bu boshoqli ekin donini ko‘proq Janubiy Amerikada insonlar va qishloq xo‘jalik hayvonlari iste’mol qiladilar. Uning ozishda beradigan samarasi isbotlanmagan, lekin qon quyilishiga qarshi dori ichadigan kishilarga Chia o‘simligi urug‘ini iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi, chunki ularda qon oqishi kuzatilishi mumkin.
LINChJI QO‘ZIQORINI YoKI GANODERMA (GRIB LINChJI, ON JE GANODERMA)
Bu yoqimsiz zamburug‘li qo‘ziqorin turi hisoblanadi. Ko‘p sonli bo‘lmasa-da, ayrim tadqiqlotlar natijalariga ko‘ra, Linchji qo‘ziqorini yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichakning bezarar o‘smalarini (kolorektaly adenoma) davolashda yaxshi foyda beradi. Shuningdek, bu zamburug‘ Gepatit V bilan og‘rigan bemorlarda jigar faoliyatini yaxshilaydi. Bugungi kunga qadar o‘tkazilgan barcha tadqiqotlar Linchji qo‘ziqorini xolestirin darajasini pasaytirishini isbotlamagan. Qon quyilishiga qarshi dori ichadigan hamda qon ivishi past bo‘lgan kishilarga bu qo‘ziqorinni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Biroq sog‘lom odamlarda ham Linchji iste’mol qilish bosh aylanishi, oshqozon-ichak yo‘llarining kasallanishi va teri yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, Linchji iste’mol qilgan kishilarda zaharlanish kuzatilgan, ulardan biri, hatto, o‘lim holatigacha borgan.
YaShIL KOFE DONI (ZERNA ZELENOGO KOFE)
Bu borada fikrlar chalkash, chunki, bir tomondan ba’zi tadqiqotlar yashil kofe ekstraktining vazn tashlashga ozroq ta’sir ko‘rsatishini isbotlagan bo‘lsa, boshqa tomondan, bu kabi vazn tashlash kishilarda qayt qilish, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, oshqozon kasallanishi va yurak urishining buzilishiga sabab bo‘lgan. Faqat bu donni o‘zida sinagan kishilarda nojo‘ya ta’sirlar turlicha bo‘lgan. Yashil kofe ekstraktini iste’mol qilishda inson organizmiga bo‘ladigan ijobiy ta’sirdan ko‘ra, salbiy ta’sir ko‘proq bo‘lgani uchun ham olimlar uni iste’mol qilishni tavsiya qilmaydilar. Biroq Shokolad Slim uning ekstraktini emas, balki donini qo‘llashini hisobga olsak, uni iste’mol qilishdan unchalik yomon ta’sir qilmaydi.
TABIIY KAKAO (NATURALNOYe KAKAO)
Odatiy va xushta’m mahsulot. U hatto foydadag xoli emas. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha (albatta, bu tadqiqotlar “Mars” shokolad kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan), bir necha yil davomida kakaoni muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomirlari kasalliklarining oldini olishda juda yaxshi yordam beradi. Mustaqil tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qora shokolad va kakaoli mahsulotlarni iste’mol qilish qon bosimini pasaytirar ekan. Kakaoning foydali jihatlari haqida yana nima deyish mumkin? Ishonchli ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Qora achchiq shokolodni iste’mol qilish sirroz bilan kasallangan bemorlarning jigar faoliyatini yaxshilashi va surunkali holsizlik sindromining paydo bo‘lishini pasaytirishi mumkin ekan. Bu ma’lumotlar bugungi kunga qadar qilingan tadqiqotlar natijalari. Kakao va ozish so‘zlarini birlashtiruvchi yagona narsa, bu – qora achchiq shokolad va shakarsiz kakao yeyish vazn oshishiga olib kelmasligi xolos.
CHOKOLATE SLIM HAQIDA HAQIQAT!!!
Ko‘rib turganingizdek, Shokolad Slimning hech bir tarkibiy qismi inson vazniga ta’sir qila olmaydi. Hatto, ta’sir o‘tkazgan taqdirda ham, hech qanday tibbiy vosita 4 hafta ichida 24 kg vazn tashlashga yordam bera olmaydi. Inson organizmi ana shunday tuzilgan, hatto u faqat suv ichib kun ko‘rsa ham, bu muddatda 24 kg ning yarmigacha ozishi mumkin xolos. Hatto onkologik kasallikka, qandli diabetga yoki jigar sirroziga chalingan bemorlar ko‘rsatilgan muddatda ham bundan kam vazn tashlaydi. Albatta, reklamada “24 kg gacha vazn tashlanadi” deb aytiladi va 1 kg ham “24 kg gacha” bo‘lishi mumkin. Balki Shokolad Slim 2-3 kilogrammga ozish uchungina yordam berar? Uning narxini hisobga oladigan bo‘lsak, bu unchalik yaxshi qaror emas. Balki kimgadir chindan ham yordam bergandir? Afsus, o‘nlab saytlarni o‘rganishimiz natijasida Shokolad Slim haqida tuzuk-quruq ijobiy fikrni uchratmadik. Bu kokteylni sotib olgan biror xaridorda ham bir kilogramga bo‘lsa-da, ozish kuzatilmagan. Sotuvchilarning saytlarida keltirilgan moskvalik parhezshunos shifokor Yevgeniya Verxovsevaning fikrlariga nima deysiz? Afsuski, bu borada ham sizni xursand qila olmaymiz. Diyetolog Yevgeniya Verxovsevaning o‘zi bu olamda mavjud emas. Saytlarda keltirilgan uning fotosurati esa mashhur rasmlar to‘planadigan saytlardan biridan olingan.
ShOKOLAD SLIM HAQIDA ShIFOKORLAR NIMA DEYDI?
Biz bilan suhbatlashgan shifokorlarning barchasi, agar chindan ham bu shokoladning yozilgan tarkibi to‘g‘ri bo‘lsa va bu quruq ichimlik sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinib tayyorlangan bo‘lsa, bu mahsulotni iste’mol qilish, garchi foydasiz bo‘lsa-da, xavfli emas. Bu ichimlikni iste’mol qilishdan zaharlanish yoki salbiy ta’sir qilish holatlari ham hozircha uchragani yo‘q. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, biz maslahat so‘rab murojaat qilgan shifokorlarning birortasi ham Shokolad Slimni tatib ko‘rishni xohlamadi.
XULOSA QILGANDA…
Demak qanday xulosaga keldik: ehtimol, zararsiz bo‘lmagan qo‘ziqorinli turli moddalar qo‘shilgan kakao kukuni, ikki xil keraksiz, lekin yesa bo‘ladigan reza meva va Amazoniya boshoqli doni. “Biologik aktiv qo‘shimcha emas” degan ayyorona yozuv ushbu mahsulotning zararli emasligini anglatmaydi, balki mahsulotning majburiy sertifikatsiya qilinishi shart emasligidan dalolatdir. Shokolad Slim mahsulotining muvafiqlik sertifikati bor-yo‘qligini aniqlashning imkoni bo‘lmadi. Chokolate Slim haqida chin fikr-mulohazalar ijobiy emas, boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Gap kimgadir soxta mahsulot tushib qolganida ham emas (ba’zi manfaatdor izoh qoldiruvchilar shunaqa bahona qilishni yoqtirishadi), hamma gap mana shunday tarkibga ega mahsulotning samarali bo‘lmasligidadir. Demoqchi bo‘lganmiz, 1000 rubl, 400 griven, 5000 tanga, yoxud 100.000 so‘m to‘lab siz 100 grammli oddiy kakao sotib olasiz, aslida esa uning narxi 10 barobar arzondir. Eng achinarlisi, shuncha pulga siz odatiy hayotingizni o‘zgartirmay turib ozish mumkinligi haqidagi umidni sotib olasiz. Faqat umid bilan ozish mumkinmikin? Afsuslarkim, buning hecham iloji yo‘q.
Manba: Maslahatim.uz