Xushbo‘y qalampir, dolchin, zanjabil tovuqning ta’mini oshiradi va shu bilan birgalikda organizmdagi almashish jarayonini kuchaytiradi va salqin ob-havoda isitishga yordam beradi.
Marinad uchun:
1 dona skotch bonnet qalampirini kesish va urug‘laridan tozalash
2 dona xalapenyoni kesish va urug‘laridan tozalash
1 osh qoshiq yangi toshcho‘p (timyan)
4 dona sarimsoq tishchalari
2 choy qoshiq xushbo‘y qalampir
3 osh qoshiq qamishdan olingan shakar
2 choy qoshiq yirik donali tuz
0,5 choy qoshiq muskat yong‘og‘i
1 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq ezilgan qora murch
1 choy qoshiq zanjabil kukuni
0,25 stakan zaytun yog‘i
0,25 stakan soya qaylasi
1 dona laym po‘chog‘i
0,25 stakan laym sharbati
0,25 stakan apelsin sharbati
0,5 stakan olma sirkasi
Asosiy taom uchun:
1 kg yirik bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lingan tovuq
16 dona bambukdan qilingan sixlar bir necha soat oldin suvda ivitib qo‘yiladi
Tayyorlanishi:
Xushbo‘y qalampir hovonchada eziladi. Marinad uchun olingan masalliqlarning hammasi blenderda yaxshilab aralashtiriladi. Mahkamlanadigan paket ichiga tovuq va u to‘liq botib turadigan miqdorda marinad solinadi. 4 soat davomida sovutgichga qo‘yiladi. Marinadning qolgani ham sovutgichga olib qo‘yiladi.
Tovuq sovutgichdan olinadi. 4—6 bo‘lakdan sixlarga teriladi. Duxovkada tayyor bo‘lguncha pishiriladi. Pishirish davomida qolgan marinad vaqti-vaqti bilan tovuqqa surib turiladi.
Manba: Daryo.uz