Zarur masalliqlar: 800 gr. baliq go‘shti, 250 ml. smetana, 2 bosh piyoz, 1 osh qoshiqdan un va sariyog‘, yarimta limon sharbati, tuz, murch, shivit.
Tayyorlanishi: 1. Baliq go‘shtini bo‘laklarga bo‘lib, tuz va limon sharbati seping. 30 daqiqaga muzlatkchiga qo‘ying.
2. Piyozni halqa shaklida to‘g‘rang. Tuz seping-da, sariyog‘ bilan aralashtiring.
3. Chuqurroq idishga piyozni soling-da, ustidan baliq go‘shti bo‘laklarini joylang. 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-30 daqiqaga qo‘ying.
4. Smetanaga un, tuz va murch solib, yaxshilab aralashtiring. Sousni baliq ustidan quyib, yana 10 daqiqa gaz pechida qoldiring. Pishgach, taomga maydalangan shivit sepib, qaynatilgan kartoshka yoki guruch bilan dasturxonga tortishinigz mumkin.
4 kishilik
1 soatu 25 daqiqa.
Manba: Darakchi.uz