Madaniyat

Sochlarni davolash borasida 5 tavsiya

Darvonsal. Bunda maxsus uskuna yordamida zaif elektr toki (100 kGs) bilan soch ildizlari davolanadi. U limfa va qon tomirlari faoliyatini yaxshilab, teriga antiseptik hamda qurituvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, u teri ostidagi yog‘ ajratuvchi bezlar faoliyatini me’yorga keltirib, yog‘li sochlar uchun ham foydali.

Suyuq azot. Bunda maxsus applikator yordamida bosh terisi bir necha soniya davomida uqalanadi. Aksar hollarda boshqa muolajalar bilan birgalikda tavsiya qilinadi.

Oziqlantirish. Sochlaringiz baquvvat va ko‘rkam bo‘lishini istasangiz, ko‘proq baliq, yashil sabzavotlar, dukkakli o‘simliklar, yong‘oq, tovuq go‘shti, tuxum, kepakli non, dengiz mahsulotlari, sabzi iste’mol qiling.

Tabiiysini tanlangShampun va boshqa yuvish vositalari tanlaganda iloji boricha, tarkibiga ahamiyatli bo‘ling, tabiiylarini tanlang. Lak va boshqa turmakni qotiruvchi vositalar sochlarga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Sochlaringiz to‘kilib ketishini istamasangiz, iloji boricha bunday vositalardan foydalanishni kamaytiring.

Odat qilingAyol go‘zalligi uning salomatligida. Doimo go‘zal bo‘lishni istagan ayol har yarim yilda ichki a’zolarini ko‘rikdan o‘tkazib, tekshirtirib turishni o‘ziga odat qilishi kerak. Chunki tashqi qiyofangizdagi o‘zgarishlar (soch va yuzda) ichki kasalliklar darakchisi bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

Shuningdek, sochlarni ho‘lligida taramang, ularni qattiq qilib o‘rmang, turmagingizni vaqti‑vaqti bilan o‘zgartirib turing.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi