Oshxona

Sodda chizkeyk

Zarur masalliqlar:

xamiriga:

  • 250 g uvalanadigan pechene
  • 130 g margarin

tvorogli kremiga:

  • 1 kg tvorog
  • 4 ta tuxum
  • 200 g shakar
  • 200 ml qaymoq (shart emas)
  • 1 ta limon
  • ¼ choy qoshiq tuz

Tayyorlanishi:

Pirog uchun xamir tayyorlab olamiz. Buning uchun pecheneni blenderda maydalaymiz (boshqacha usulda ham maydalash mumkin).

20151010_203532

20151010_204431

Margarinni eritamiz va pechene ushog‘i bilan aralashtiramiz.

20151010_204646

Aralashmani qoshiq yoki stakanning ostki qismi yordamida forma tubiga bosib tekislab chiqamiz.

20151010_204931

Uni 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 10 daqiqa davomida pishiramiz, so‘ng uni duxovkadan olib, sovitamiz.

20151010_211852

Endi tvorogli kremni tayyorlaymiz. Buning uchun avval tvorogni mikser yordamida aralashtirib, silliq holatga keltiramiz. Unga shakar, tuz solib, aralashtirishda davom etamiz.

20151010_210552

So‘ng bitta limon po‘stlog‘ini qirg‘ichdan o‘tkazib solamiz, limonning yarmini siqib, suvini qo‘shamiz va tvorogli aralashmani yana mikser yordamida ko‘pirtiramiz.

20151010_205615

20151010_210743

Endi tuxumlarni bittadan solib, qo‘lda aralashtiramiz.

20151010_211035

20151010_211404

Qaymoqni ham qo‘shib yuboramiz.

20151010_211515

Hosil bo‘lgan tvorogli kremni tubida pecheneli xamir bo‘lgan formaga solamiz va yuzasini tekislab chiqamiz.

20151010_212116

Formaning og‘zini qog‘oz bilan yopib, 160—170 darajagacha qizdirilgan duxovkada taxminan 1 soat davomida pishiramiz.

20151010_221544

Chizkeyk tayyor. Yoqimli ishtaha!