Bilasizmi?

Surxondaryo viloyatida ikkita yangi oliygoh ishga tushadi

Surxondaryo viloyatida Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti hamda Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi Termiz filiallari tez orada ishga tushadi. Bu haqda TerDU rektori Abduqodir Toshqulov xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi mobaynida poytaxtdagi ikkita oliygohning Termiz filiallari tashkil etilishi haqida ma’lum qilingan, deb yozadi Kun.uz.

Hozirgacha Surxondaryo viloyatida Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent davlat texnika universitetlarining filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, viloyatda yagona - Termiz davlat universiteti ko‘p sonli talabalarga bilim berishda xizmat qiladi.