Zaif va sinuvchan tirnoqlar turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi uchun shifokorga ko‘rinish maqsadga muvofiqdir. Agar sog‘lig‘ingizda muammolar yo‘qligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, umumiy tavsiyalarga rioya qiling:
To‘yib uxlang. Inson o‘zini to‘liq tiklashi uchun tunda 7-9 soat xotirjam uxlashi kerak.
Orom oling. Kamroq stress, ko‘proq xursandchilik, bu — o‘zingizni yaxshi his qilish va salomatlikning garovi.
Kun tartibiga rioya qiling. Uyqu va oromdan tashqari, muntazam sport bilan shug‘ullanish va toza havoda sayr qilishni odat qiling.
Manba: Darakchi.uz