Bilasizmi?

Tishlarni oqartirishning siz bilmagan usullari

Samimiy tabassum yaxshi ko‘rinish bilan birgalikda, sizning turli xil korxonalarda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatingizni oshirishi ham mumkin.

Lekin har doim oldimizda yaltiroqlikning hamma talablariga kamdan-kam hollarda javob beradigan tishlarning oqligi masalasi ko‘ndalang turadi.

Albatta, oqartirishning odatdagi usullari bor: tish pastasi, og‘izni, milkni chayqash uchun suyuqlik va qimmat professional amallar. Lekin tishlarni oqartirishga yordam beruvchi ba’zi hayotiy odatlar ham bor.

Iste’mol sodasidan foydalanmang

Iste’mol sodasi — tishlarning eng qo‘rqinchli dushmani hisoblanadi. Bu kimyoviy birikma yemirish xususiyatiga ega bo‘lib, uni uzoq vaqt ishlatish natijasida tish emali yemirila boshlashi mumkin va bu tishlarning qorayishiga olib keladi.

Energetik ichimliklarni ichmang

Tishlar qorayishining odatdagi sabablari (qahva, choy, qizil vino)ga qo‘shimcha ravishda, energetik ichimliklardan ham uzoqroq turing. Ularning tarkibidagi kislota emallar uchun yomon oqibatlar olib kelishi mumkin.

Ba’zi oziq-ovqatlarni yemang

Ba’zi oziq-ovqatlar va ziravorlar tishlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos kislota miqdoriga ega bo‘ladi. Ularning orasida — qorag‘at (chernika)ga o‘xshash mevalar tish emallari ichiga mahkam o‘rnashib oladi va ularni qoraytiradi.

Tish cho‘tkasini almashtiring

Tish cho‘tkasini uch oyda bir marta almashtirish mumkin. Bu usul to‘g‘ri oziq-ovqat mahsulotlarini tanlash kabi muhim ahamiyatga egadir.

Tilni tozalang

Tilingiz o‘zida bakteriyalarni to‘playdi, bu esa oxir-oqibat tishlar emalining rangsizlanishiga olib kelishi mumkin. Tilni tozalashda yumshoq tish cho‘tkasidan foydalaning va har urinishdan keyin cho‘tkani yuvib tashlang. Bu bakteriyalarni tilingizga takroran surmaslik uchun ularni cho‘tkadan olib tashlashga yordam beradi.

Olma sirkasi bilan chayqash

Unchalik mashhur bo‘lmagan bu xalqona usul quyidagi tartibda amalga oshiriladi: bir qism sirkaga ikki qism suv qo‘shing va tishlarni chayqang. Bu og‘zingizda bakteriyalarga qarshi kurasha oladigan muhit hosil qiladi.

Manba: Daryo.uz