O‘zbekiston oliygohlarida kontraktdan qarzni to‘lash muddati uzaytirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy Telegram kanalida xabar qilinishicha, quyidagi toifadagi talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31 dekabr (shu kuni ham) kuniga qadar uzaytirildi:
- «superkontrakt» asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun;
- bakalavriat va magistraturasiga tavsiya etilgan xorijiy fuqarolar uchun;
- OTMlarning ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun.
O‘zbekiston OTMlarida kontrakt pulini to‘lash muddati avval ham uzaytirilgandi. Avvaliga 1-kurslar uchun to‘lov muddati 15 sentyabrdan 30 sentyabrga, superkontraktchilar uchun esa 31 oktyabrgacha uzaytirilgan edi. Keyinroq 1-kurslar uchun kontrakt pulini to‘lash muddati 31 oktyabrgacha, 2- va undan katta kurs talabalari uchun 15 noyabrgacha uzaytirilgan.