Toshkent shahar hokimligi poytaxtda o‘tadigan Navro‘z bayrami tadbirlari manzillarini ma’lum qildi.
21 mart kuni soat 10:00 da boshlanib 18:00 ga qadar davom etadigan tadbirlar shaharning 21 joyida tashkil etiladi.
Shahar asosiy sahnasi: «O‘zekspomarkaz» hududidagi maydon, asosiy sahna maydonida;
Bektemir tumanida: «Quyoshcha nuri» bog‘i;
Mirobod tumanida: Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda «Temiryo‘lchilar» madaniyat saroyi;
Mirzo Ulug‘bek tumanida: «Lokomotiv» madaniyat va istirohat bog‘ida hamda Bobur nomidagi eko bog‘;
Sergeli tumanida: «Yoshlar» bog‘i hamda «Grin Park» (sobiq «Sohil» bog‘i);
Uchtepa tumanida: «Eko» bog‘i hamda «Bog‘i shamol» madaniyat va istirohat bog‘i;
Olmazor tumanida: Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda Talabalar shaharchasi;
Chilonzor tumanida: G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hamda «Akva» bog‘i;
Shayxontohur tumanida: «Lokomotiv» madaniyat va istirohat bog‘i, «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘i, Ibn Sino nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;
Yunusobod tumanida: Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydon;
Yakkasaroy tumanida: «Do‘stlik» madaniyat va istirohat bog‘i;
Yashnobod tumanida: «Ashxobod» sayilgohi hamda «Do‘stlik» bog‘i.