Bilasizmi?

Toshkentdagi to‘ydan olingan surat yilning eng yaxshilaridan biri deb e’lon qilindi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan, aka-ukalarning uylanish to‘yida olingan fotosurat,  National Geographic nashri tomonidan 2017 yilning eng yaxshi fotosuratlaridan biri, deb topildi. Qalampir.uz shu haqda yozmoqda.

Bu fotosurat, nashrning jurnalisti Jon Stanmeyer tomonidan olingan.

Fotosuratga “Aka-ukalar va ularning qayliqlari Toshkent shahridagi to‘yxonalarning birida. Bu shahar, qadimgi Buyuk ipak yo‘lida joylashgan mamlakatning poytaxti”, deb izoh berilgan.

Yilning eng yaxshi fotosuratini, National Geographic nashri, o‘zlari bilan hamkorlik qiladigan fotosuratchilar va jurnalistlar yuboradigan suratlar orasidan, turli loyihalar bo‘yicha tanlab oladi.

Suratlarni tanlash har oyga bo‘linadi hamda ko‘p hollarda suratlar biron bir tarixiy voqea yoki muammoga bag‘ishlanadi. Shuningdek, ro‘y bergan eng muhim siyosiy jarayonlarga ham bag‘ishlanishi mumkin.