Tanamizning har qanday a’zosi kabi tovonlarga ham alohida e’tibor kerak. Noqulay poyabzal kiyish, terisining haddan tashqari qurib ketishi yoki suvda (zaxda) ko‘p yurish tovon yorilshi mumkin.
To‘g‘ri, tovon yorilishi inson hayotiga xavf solmaydi, lekin tashqaridan qaraganda, juda xunuk ko‘rinadi. Qolaversa, agar kishining tana vazni ortiqcha bo‘lsa, yorilgan tovonlar og‘riq berishi, achishishi mumkin.
Xo‘sh, tovon yorilishiga qarshi qanday choralarni qo‘llash mumkin?
— Aloy bargining ichidagi shillig‘ini yorilgan tovonga chaplab, bog‘lab olish tovon yorilishida yordam beradi.
— Tog‘oradagi issiq suvga (35-36 darajada) ichimlik sodasi (1 litrga 1 osh qoshiq) yoki moychechak damlamasi (1 litrga 3 osh qoshiq) qo‘shib, shu suvga oyoqlaringizni solib o‘tiring (10-15 daqiqa). Agar tovoningiz terisida shilingan joylar ham bo‘lsa, oshlovchi va mikrobsizlantiruvchi moddalar – tirnoqgul damlamasi (1 litrga 1 osh qoshiq) yoki margansovkaning nimtatir eritmasini qo‘shasiz. 20-30 daqiqadan so‘ng oyoqni artib quritasiz va vazelin yoki glitserin surtasiz. Qo‘lingiz kafti bilan oyoq barmoqlaridan tovonga tomon ohista silang, tovondagi qon aylanishi yaxshilanadi.
— Kechasi issiq suvga tuz va soda solib, oyog‘ingizni bug‘lang. So‘ng jilvirtosh (pemza) bilan tozalab, 3 foizli tetratsiklin dorisini surtib qo‘ying. Ustidan polietilen xalta kiyib, uxlashga yoting. Ertalab oyog‘ingizni iliq suvda sovunlab yuving. Yorilgan joylar og‘rimaydi. Agar yoriqlar bitmagan bo‘lsa, yarim santimetr qalinlikdagi dokani olma sirkasiga namlab, tovoningizga yaxshilab bog‘lab qo‘ying. Ustidan polietilen xalta o‘rab, paypoq kiyib oling. Ertalab yumshagan terilarni pemza bilan tozalaysiz. Ushbu muolajani 2-3 marta takrorlasangiz, tovoningiz tuzalib, siliqlashadi. Qotib ketgan tirnoqlarga ham olma sirkasini bog‘lab qo‘ysangiz, ertasiga ularni kesish osonlashadi.
—3 litr tozalanmagan kungaboqar yog‘ini temir chelakka quyib, olovda qizdiring. Tutuni chiqqach, olovni o‘chirasiz. Yog‘ iligach, o‘ng oyog‘ingizni solib o‘tiring. Yog‘ sovib qolgach, muolaja nihoyasiga yetadi. Ertasi kuni xuddi shu tarzda qizdirilgan yog‘ga chap oyog‘ingizni solib o‘tirasiz. Muolajani har bir oyoqda uch martadan takrorlaysiz. Shunda tovon pixlari sizni umuman bezovta qilmay qo‘yadi. Yog‘ning sal ilishini kuting, aks holda oyog‘ingizni kuydirib qo‘yishingiz mumkin.
— Bitta xom tuxum va 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘ini yaxshilab aralashtirgach, 1 osh qoshiq sirka essensiyasini qo‘shing. Obdon qo‘zg‘agach, idish og‘zini polietilen xalta bilan berkiting. Kechasi tovonlaringizga surtib, ip gazlamadan tikilgan paypoq kiyib yoting. 5 ta muolajadan so‘ng pix nimaligini unutasiz.
Ushbu surtmani og‘riyotgan tizzanizga ham surtsangiz, ahvolingiz ancha yaxshilanadi. Faqat qattiq surkamang, aks holda kuydirib kuyishiz mumkin.