Zarur masalliqlar: 1 kilogramm. tovuq go‘shti, 150 ml. sut, 100 gr. sariyog‘, 3 bo‘lak non, 1 dona tuxum, 1 stakan non talqoni, tuz, qora murch;sarimsoqpiyozli aralashma uchun: 150 gr. sariyog‘, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, tuz.
- Sarimsoqpiyozni maydalab to‘g‘rang yoki ezing. Xona haroratida eritilgan sariyoqqa solib, aralashtiring. Tuz sepishni unutmang. So‘ngra sellofanga solib, rulet shaklida o‘rang-da, 1 soatga muzxonaga qo‘ying.
- Non bo‘lagini sutga solib, iviting. Tovuq go‘shtining terisini olib tashlang. So‘ngra suyaklaridan tozalab, go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing. Tuxum, ivitilgan non qo‘shib, tuz, murch seping-da, aralashtiring. Qiymani 3 soatga muzlatkichga qo‘ying.
- Sariyog‘ni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Qiymadan olib, o‘rtasiga sariyog‘ qo‘ying-da, kotlet shakliga keltiring. So‘ngra non talqoniga belab oling. Kotletlarni eritilgan sariyog‘da qovuring. Ikkala tomonini baland olovda qizartirib olib, so‘ngra olovni pastlab pishguncha qoldiring.
- Kotletlarni qaynatilgan guruch va sarimosqpiyozli aralashma(qizdirilgan tovaga solib, yumshating) bilan dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
8 kishilik.
Manba: Darakchi.uz