- Ko‘p vaqt sarflanmaydigan bu piroglarning deyarli hamma mahsulotlari yarim tayyor bo‘lganligi sababli, kutilmagan mehmon kelganda, yoki vaqt tig‘izligida asqotadigan taom turiga kiradi.
- Kerakli mahsulotlar:
- Lavash yoki yoyilgan xamir;
- Lavash soniga ko‘ra tuxum (bu ta’rifda 5 dona lavashga 3 dona tuxum ishlatilgan);
- 1-1,5 stakan sut;
- 0,5 stakan o‘simlik yog‘
- Ichi uchun:
- Istagingizga ko‘ra: qiyma piyoz (biroz qovurib oling);
- Bu ta’rifda ismaloq va ko‘k piyoz (porey) ishlatilgan (biroz qovurib olingan);
- Kartoshka pyuresi
Sut, tuxum, o‘simlik yog‘ini yaxshilab aralashtiring.
Tagiga biroz yog‘ surilgan maxsus duxovka patnisiga lavashni bir qavatini yoying. Sut-tuxum-yog‘ aralashmasidan lavash ustiga biroz surting
So‘ngra tayyorlangan ich masallig‘ini bir necha qismga ajrating va rasmda ko‘rsatilgan kabi xamirga soling. Ustidan ikkinchi lavashni qo‘yib unga ham ayni shaklda tuxum-sutli qorishmadan surtib, ustiga ich masallig‘ini soling. Pirogingiz qavat-qavat bo‘ladi.
Oxirgi lavash qatlami ustiga faqat sut-tuxumli qorishim surtiladi va didingizga ko‘ra pirogni yoping. Istakka ko‘ra, pirog ustiga sedana yoki kunjut seping.
200 daraja isitilgan gaz pechiga qo‘ying. Ichidagi mahsulotlar yarim tayyor bo‘lgani sababli, pirog 20-25 daqiqada pishadi. Ammo, bu aniq vaqt emas, chunki gaz pechlarining pishirish darajasi ham xil.
Pirogimiz tayyor. Yoqimli ishtaha. Kavsar Ashobova